Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-04-05 02:56:04
“Liverpul” yorvordi, masxarabozlar to‘qnashuvida “Chelsi” yutdi

APLning 31-turi doirasida “Liverpul” o‘z uyida “Sheffild”ni shunday mehmon qildi — 83 foiz to‘pga egalik va 3 ta gol. Gollardan biri, aniqrog‘i Makallisterning shedevri bilan. “Sheffild” esa bu safar to‘pni tomosha qiluvchi jin vazifasini bajarib berdi. Klopp jamoasi “Arsenal”ni bir kunlik peshqadamiga yakun yasadi va yana yakkahokimga aylandi:

— 70 ochko
— 68 ochko
— 67 ochko

Turning markaziy masxarabozlar bahsi esa quvlashmachoq o‘yiniga ulanib ketdi. “Chelsi” 2 ta urdi, “Yunayted” 2 ta turdi, ortidan yana 1 ta urdi. Oxirida esa Palmer 2 ta urib, bir turda yana bir “Yunayted”ning mag‘lubiyatiga tamal toshi qo‘ydi. Bu ikki jamoaning APLda o‘rnini ko‘rib esa bir rahming keladi, bir jahling chiqadi. “Chelsi” shu g‘alabasi bilan 10-o‘rinda (43 ochko). “Man.Yunayted” esa shu ahvolida ham 6-o‘rinda (48 ochko).

Rasmiy videosharhlar:

“Chelsi” 4:3 “Man.Yunayted”
“Liverpul” 3:1 “Sheffild”

@futgol_uz
16.6K views23:56
Ochish/sharhlash
2024-04-04 22:57:21 Manavilar 39 daqiqaning ichida 4 ta gol urdiye. Avvaliga “Chelsi” (iya jamoalarning nomini aytib qo‘ydim-ku ) 2 ta gol urdi (Gallaher, Palmer), keyin esa “Man.Yunayted” (Garnacho, Brunu)

APLda oddiy o‘yinning o‘zi yo‘q, xuddi Osiyoda hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olganidek

Ikkinchi bo‘limni bo‘lsa ham ko‘ringlar, o‘rtoqlar!

@futgol_uz
12.7K views19:57
Ochish/sharhlash
2024-04-04 22:05:03
Darvin Nunyes darvozaga to‘g‘ri qarab gol urishi qiyinligini tushunibdi, endi darvozaga ters qarab gol uryapti

Maguayrdan so‘ng APLning asosiy memlari nishoniga aylanib qolgan Nunyes shu holatida ham joriy mavsum 11 ta gol urdi va naq 8 ta assist berishga ulgurdi.

Ayni damda “Sheffild”ni yutayotgan “Liverpul” APLning onlayn jadvalida yana peshqadamga aylandi:

— 70 ochko
— 68 ochko
— 67 ochko

@futgol_uz
12.7K views19:05
Ochish/sharhlash
2024-04-04 13:55:36
Sen esa hali ham zalga bormay yuribsan, do‘stim

To‘g‘ri, bularga yarashaveradi, bizga esa sholpillab qoladi axir…

@futgol_uz
13.5K views10:55
Ochish/sharhlash
2024-04-04 12:33:03
Bugun 00:15 da shunaqa o‘yin bor deyishyapti #

#Tushungan #Tushundi

@futgol_uz
13.0K views09:33
Ochish/sharhlash
2024-04-04 08:47:27
Kerak bo‘lsa hakamlarni ham uramiz, tepamiz. Yetmaganiga maydonda hazilni ham karatecha usulda qilamiz. U ham kamlik qilsa, gol urgan raqibni maydonda bitta kalla qo‘yib, uxlatib qo‘ya olamiz.

Holat kecha Pro Liga 4-turida “Mash’al”—“Sho‘rtan” (2:0) o‘yinida sodir bo‘lgan. Kalla qo‘ygan futbolchi-jangchining ismi-sharifi Sherzod Abduraimov. Uni siz yaxshi taniysiz. “Neftchi” safida o‘ynagan vaqtda “Turon”ga qarshi bahsdan so‘ng hakam Shavkat Nasibullayevga hujum qilib, 1 yilga futboldan chetlatilgandi.

Biz o‘zbeklar adashib futbol o‘ynayapmiz, bizning qonimizda MMA bor, menimcha. UFC rahbarining UFC’da saralash musobaqasi bor. Futbolchi-jangchilarimizni bemalol shu turnirga yuborish mumkin. Ular bunga munosib.

@futgol_uz
13.9K views05:47
Ochish/sharhlash
2024-04-04 02:56:52 Gap isboti bilan. Rasmiy videosharhlarni ko‘rib qo‘yarsizlar

“Man.Siti” 4:1 “Aston Villa”
“Arsenal” 2:0 “Luton”
“Bayer” 4:0 “Fortuna”
“PSJ” 1:0 “Renn”

@futgol_uz
13.6K views23:56
Ochish/sharhlash
2024-04-04 02:54:03
Angliyada kurash avjida

Garchi Gvardiola chempionlik uchun kurashda intriga yo‘qoldi deyayotgan bo‘lsa-da, “Man.Siti” oxirigacha kurashishini ko‘rsatdi: har holda “Aston Villa” nokautga uchratildi — 4:1. Bosh qahramon het-trik qayd etgan Fil Foden. Endi jamoa “Liverpul” bilan bir xil ochkoga ega — 67 tadan. Biroq Klopp shogirdlari bugun o‘yinlar sonini tenglashtirib, ochkolar sonini yana oshirib qo‘yishga harakat qiladi — raqib esa “Sheffild Yunayted”.

Tepada kim deysizmi? Albatta, “Arsenal”. Arteta jamoasi “Luton”ni yengil yutib qo‘ya qoldi — 2:0. Yetuklik sari odimlayotgan Edegor bu safar ham gol urdi. Yana bir golga “Luton”ning osiyolik o‘quvchisi Dayki Hashioka yordam berib yubordi. Shuning o‘zi “Arsenal”ga 68 ochkoli bo‘lish va APLda kamida bir kunga peshqadam bo‘lish imkonini berdi. Tepada aytganimizdek, buni o‘zgartirish yoki boricha qoldirish “Liverpul”ning qo‘lida.

Bonusga+. Alonsoning “Bayer”i Germaniya Kubogi finaliga chiqdi. Leverkuzen bu yo‘lda “Fortuna”ni nokautga uchratdi — 4:0. Xuddi shunday ishni “PSJ” ham uddaladi, faqat bitta gol bilan. Mbappening yagona goli parijliklarni “Renn”ni mag‘lub etib, Fransiya Kubogi finaliga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi.

Aytgancha, bugun yana bir yaxshi o‘yin bor. APLda turnir jadvalining 12-o‘rnidan joy olgan “Chelsi” o‘zidan roppa-rosa 6 pog‘ona tepadagi “Man.Yunayted” bilan o‘ynaydi.

@futgol_uz
13.7K viewsedited  23:54
Ochish/sharhlash
2024-04-03 21:15:13
Kichkina demang bizni, ko‘tarib bo‘lmasayam urib qo‘yaveramiz

Bola boshidan deb shuni aytadi.

@futgol_uz
13.4K views18:15
Ochish/sharhlash
2024-04-03 13:45:12
Ronaldu so‘nggi 2 ta o‘yinda 6 ta gol urdi

Messi 2024-yilda 5 ta gol urdi

“Oltin to‘p”ni kim oladi? Albatta, Messi!

deb kulishyapti chet el publiklari ham

@futgol_uz
14.9K views10:45
Ochish/sharhlash