Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-08 22:42:19 “Real M” va “Man.Siti”ning joriy mavsumdagi statistikasi “Real M” • 42 o‘yin • 33 g‘alaba • 7 durang • 2 mag‘lubiyat • 98 ta gol urilgan • 37 ta gol o‘tkazilgan “Man.Siti” • 47 o‘yin • 36 g‘alaba • 6 durang • 5 mag‘lubiyat • 118 ta gol urilgan…
13.5K views19:42
Ochish/sharhlash
2024-04-08 22:40:31 “Real M” va “Man.Siti”ning joriy mavsumdagi statistikasi

“Real M”
• 42 o‘yin
• 33 g‘alaba
• 7 durang
• 2 mag‘lubiyat
• 98 ta gol urilgan
• 37 ta gol o‘tkazilgan

“Man.Siti”
• 47 o‘yin
• 36 g‘alaba
• 6 durang
• 5 mag‘lubiyat
• 118 ta gol urilgan
• 45 ta gol o‘tkazilgan

@futgol_uz
13.1K views19:40
Ochish/sharhlash
2024-04-08 22:28:14
Xo‘sh, o‘rtoqlar! Siz-u biz kutgan katta o‘yinlar kuniga ham eson-omon yetib keldik

“Arsenal”—“Bavariya”

“Real”—“Man.Siti”

Ikkalasi ham bir vaqtda — 00:00 da boshlanadi. Tanlov o‘zingizda: istang Londonga boqing, istang Madridga.

Bir monitorni ikkiga bo‘lib ko‘rsangiz ham bo‘ladi. Ko‘zlar shpagat ochishga arziydigan o‘yinlar. Va har kuni ham bunday bo‘lmaydi.

Badiiy qism tugadi, navbatda sizni raqamlar va boshqa ko‘p narsalar kutib turibdi.

@futgol_uz
13.8K views19:28
Ochish/sharhlash
2024-04-07 22:29:35


@futgol_uz
14.3K views19:29
Ochish/sharhlash
2024-04-07 22:13:53
Muhammad Saloh “Man.Yunayted”ning kushandasi. Nega? Chunki Saloh “qizil iblislar”ga qarshi 15 ta o‘yinda naq 14 ta gol urdi.

Muhammad ustozi Klopp kabi mavsum so‘ngida “Liverpul”dan ketadimi yoki yo‘q — bu hozircha noma’lum. Lekin misrlik sehrgar joriy mavsum yana gullayapti. U hozirgacha 23 ta gol urib, 13 ta assist berdi barcha musobaqalarda.

Aytgancha, misrlikning “Liverpul” safidagi gollari ham 209 taga yetibdi. Shubhasiz, Kloppning “Liverpul”i eslansa, Saloh ro‘yxatning eng yuqorisida keladi.

@futgol_uz
13.9K views19:13
Ochish/sharhlash
2024-04-07 21:58:15 Avval 40 yilda, 40 kunda qaytgan bo‘lsa, hozir nari borsa 1 hafta, 3 kundayoq qaytyapti. O‘tgan turda “Man.Yunayted”ni so‘nggi daqiqalarda qon qaqshatgan “Chelsi” bugun o‘zi ham shunday holatga tushdi. Farqi yutqazmadi, faqat tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Avvalgi turda “Liverpul” oldida ip esholmagan “Sheffild Yunayted” Pochettino jamoasiga 90+3-daqiqada gol urdi va o‘yin 2:2 hisobi bilan tugashini ta’minladi.

Pachkalab futbolchilarni transfer qilgan “Chelsi”dan bu mavsum nimadir kutish xato ekanligini mavsum boshlanmasidan aytgandik. “Aristokratlar” mavsumning so‘zsiz eng beqaror jamoasi. Kamida APLda. Chunki Yevropa bu borada nomzodlar ko‘p. Masalan, bugun “Feyenoord”dan javobsiz 6 ta gol qabul qilib olgan — “Ayaks”.

@futgol_uz
13.5K viewsedited  18:58
Ochish/sharhlash
2024-04-07 21:48:15 Buyog‘iga 7 ta turning barida kamida 3 tadan final ko‘ramiz (agar qaysidir biri erta oq bayroqni ko‘tarmasa, albatta) “Arsenal” kimlar bilan o‘ynaydi? “Aston Villa” (uy) “Vulverhempton” (safar) “Chelsi” (uy) “Tottenhem” (safar) “Bornmut” (uy) “Man.Yunayted”…
13.2K views18:48
Ochish/sharhlash
2024-04-07 20:54:54 Buyog‘iga 7 ta turning barida kamida 3 tadan final ko‘ramiz (agar qaysidir biri erta oq bayroqni ko‘tarmasa, albatta)

“Arsenal” kimlar bilan o‘ynaydi?
“Aston Villa” (uy)
“Vulverhempton” (safar)
“Chelsi” (uy)
“Tottenhem” (safar)
“Bornmut” (uy)
“Man.Yunayted” (safar)
“Everton”

“Liverpul” kimlar bilan o‘ynaydi?
“Kristal Pelas” (uy)
“Fulhem” (safar)
“Everton” (safar)
“Vest Hem” (safar)
“Tottenhem” (uy)
“Aston Villa” (safar)
“Vulverhempton” (uy)

“Man.Siti” kimlar bilan o‘ynaydi?
“Luton Taun” (uyda)
“Tottenhem” (safar)
“Brayton” (safar)
“N.Forest” (safar)
“Vulverhempton” (uy)
“Fulhem” (safar)
“Vest Hem” (uy)

@futgol_uz
14.3K views17:54
Ochish/sharhlash
2024-04-07 20:40:42 O‘zi o‘tirgan shoxni arralagan “Liverpul”

Yaralangan sher ikki hissa xavfli bo‘lishini yana bir bor isbotini ko‘rdik. “Yunayted” o‘zi xohlab yo xohlamay APLda chempionlik uchun intrigani yuqori darajaga ko‘tarib qo‘ydi. Buning uchun Brunu, Kobbiga va, albatta, “Liverpul”ga ham rahmat. Axir chempionat yakuniga 7 tur qolganda mana bunday manzarani hamma joyda ham ko‘ravermaymiz:

— 71 ochko
— 71 ochko
— 70 ochko

Qanday go‘zal, to‘g‘rimi?

@futgol_uz
14.0K views17:40
Ochish/sharhlash
2024-04-07 10:46:43 “Arsenal” va “Man.Siti” kecha o‘z o‘yinlarini yutdi. Biri “Brayton”ni kaltakladi (3:0), ikkinchisi esa “Kristal Pelas”ni (4:2). Bu g‘alabadan keyin “Arsenal” quvlashmachoqni davom ettirib, APLda 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Man.Siti” esa ochkosini “Liverpul” bilan tenglashtirib oldi:

— 71 ochko
— 70 ochko
— 70 ochko

“Liverpul” “vaqtinchalik shoh”ni taxtdan tushirish uchun o‘tgan turda “Chelsi”dan tarsaki qabul qilgan “Man.Yunayted”ni “Old Trafford”da ta’zirini berishi kerak bo‘ladi. Ten Hag jamoasi bunga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q?

Buni 19:30 da boshlanadigan o‘yin orqali bilib olamiz. O‘tkazvorish, ketib qolish yo‘g‘-a, o‘rtoqlar

@futgol_uz
13.6K viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash