Get Mystery Box with random crypto!

Kerak bo‘lsa hakamlarni ham uramiz, tepamiz. Yetmaganiga maydo | FUTGOL

Kerak bo‘lsa hakamlarni ham uramiz, tepamiz. Yetmaganiga maydonda hazilni ham karatecha usulda qilamiz. U ham kamlik qilsa, gol urgan raqibni maydonda bitta kalla qo‘yib, uxlatib qo‘ya olamiz.

Holat kecha Pro Liga 4-turida “Mash’al”—“Sho‘rtan” (2:0) o‘yinida sodir bo‘lgan. Kalla qo‘ygan futbolchi-jangchining ismi-sharifi Sherzod Abduraimov. Uni siz yaxshi taniysiz. “Neftchi” safida o‘ynagan vaqtda “Turon”ga qarshi bahsdan so‘ng hakam Shavkat Nasibullayevga hujum qilib, 1 yilga futboldan chetlatilgandi.

Biz o‘zbeklar adashib futbol o‘ynayapmiz, bizning qonimizda MMA bor, menimcha. UFC rahbarining UFC’da saralash musobaqasi bor. Futbolchi-jangchilarimizni bemalol shu turnirga yuborish mumkin. Ular bunga munosib.

@futgol_uz