Get Mystery Box with random crypto!

Angliyada kurash avjida Garchi Gvardiola chempionlik uchun ku | FUTGOL

Angliyada kurash avjida

Garchi Gvardiola chempionlik uchun kurashda intriga yo‘qoldi deyayotgan bo‘lsa-da, “Man.Siti” oxirigacha kurashishini ko‘rsatdi: har holda “Aston Villa” nokautga uchratildi — 4:1. Bosh qahramon het-trik qayd etgan Fil Foden. Endi jamoa “Liverpul” bilan bir xil ochkoga ega — 67 tadan. Biroq Klopp shogirdlari bugun o‘yinlar sonini tenglashtirib, ochkolar sonini yana oshirib qo‘yishga harakat qiladi — raqib esa “Sheffild Yunayted”.

Tepada kim deysizmi? Albatta, “Arsenal”. Arteta jamoasi “Luton”ni yengil yutib qo‘ya qoldi — 2:0. Yetuklik sari odimlayotgan Edegor bu safar ham gol urdi. Yana bir golga “Luton”ning osiyolik o‘quvchisi Dayki Hashioka yordam berib yubordi. Shuning o‘zi “Arsenal”ga 68 ochkoli bo‘lish va APLda kamida bir kunga peshqadam bo‘lish imkonini berdi. Tepada aytganimizdek, buni o‘zgartirish yoki boricha qoldirish “Liverpul”ning qo‘lida.

Bonusga+. Alonsoning “Bayer”i Germaniya Kubogi finaliga chiqdi. Leverkuzen bu yo‘lda “Fortuna”ni nokautga uchratdi — 4:0. Xuddi shunday ishni “PSJ” ham uddaladi, faqat bitta gol bilan. Mbappening yagona goli parijliklarni “Renn”ni mag‘lub etib, Fransiya Kubogi finaliga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi.

Aytgancha, bugun yana bir yaxshi o‘yin bor. APLda turnir jadvalining 12-o‘rnidan joy olgan “Chelsi” o‘zidan roppa-rosa 6 pog‘ona tepadagi “Man.Yunayted” bilan o‘ynaydi.

@futgol_uz