Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 406

2021-07-29 22:09:57Konferensiyalar Kubogi. Igor Sergeyev dubl qayd etgan dramatik oʻyinda “Tobol” keyingi bosqichga yoʻl oldi

“Tobol” va “Xayduk” oʻrtasidagi javob bahsida oʻzbekistonlik hujumchi dubl qayd etdi. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimlarga qadar choʻzildi va yakunda kostanayliklar gʻalabani ilib ketdi.

Konferensiyalar Kubogi
2-saralash bosqichi

“Tobol” (Qozogʻiston) — “Xayduk” (Xorvatiya) 4:1
Gollar: 1:0 – 56 Yovanchich, 2:0 – 61 Sergeyev, 3:0 – 67 Sergeyev, 3:1 – 90+4 Saxiti, 4:1 – 118 Tagibergen.

Dastlabki oʻyin: 0:2.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
11.3K views19:09
Ochish/sharhlash
2021-07-29 20:16:00“PSJ” darvozaboni Alfons Areolya “Vest Hem”ga oʻtdi

Londonliklar 28 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Oʻtgan mavsum fransiyalik posbon “Fulhem”da ijarada oʻynagandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
21.4K views17:16
Ochish/sharhlash
2021-07-29 19:34:08
Igor Sergeyev Yevrokuboklardagi debyut gollarini urdi

“Tobol” klubi Konferensiyalik Kubogi saralash bosqichi doirasida “Xayduk” klubiga qarshi bahs olib bormoqda. Sergeyev jamoasining ikkinchi va uchinchi goliga mualliflik qildi.

Hozircha hisob 3:0. Umumiy hisob esa — 3:2.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
26.1K viewsedited  16:34
Ochish/sharhlash
2021-07-29 16:15:23Rasman: “Real” Dani Karvaxal bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi

Tomonlar 2025-yilning yoziga qadar moʻljallangan bitimga imzo chekkan.

Karvaxal “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020/21-yilgi mavsumda La Ligada 13 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita golli uzatma amalga oshirgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2021-07-29 14:29:13“Chelsi” Romelu Lukakuga yiliga 10 mln yevro maosh taklif qildi

Londonliklar Lukakuga yiliga 10 mln yevro maoshga ega shartnoma taklif qilgan. Uning “Inter”dagi maoshi 7,5 millionga teng. Biroq belgiyalik forvard bu taklifga rad javobini bergan.

Eslatib oʻtamiz, Romelu 2011—2014-yillar mobaynida “Chelsi”da toʻp surgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.7K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-07-29 11:59:11 ​#Karikatura. “Bo‘riga aylanayotgan Eldor”

Eldor Shomurodovning “Roma”ga o‘tayotgani animator Hamid Sahari nigohida.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.6K views08:59
Ochish/sharhlash
2021-07-29 07:47:58Eldor Shomurodovning “Roma”ga oʻtishi aniq boʻldi

Bu haqda Nikolo Skira xabar qilmoqda. “Roma” oʻzbekistonlik futbolchini 16 mln yevroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi. Shu bilan birga “Jenoa” futbolchining keyingi transferidan ulushga ega boʻladi.

Shoma rimliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Yana bir insayder Fabrisio Romanoga koʻra, transfer 18 mln yevroga baholanmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
37.1K views04:47
Ochish/sharhlash
2021-07-28 21:04:50Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada!

“Chelsi” Jyul Kunde uchun “Sevilya”ga 30—35 mln yevro va himoyachi Kurt Zumani taklif qildi (Fabrisio Romano);

Eldor Shomurodov — “Roma” nishonidagi soʻnggi hujumchi. Tomonlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan, transfer 20 mln yevroga baholanmoqda (Calciomercato);

“Bayer” Sardor Azmun bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Transfer 25 mln yevroga baholanmoqda (Patrik Berger);

Oʻtgan mavsumni “Jenoa”da ijarada oʻtkazgan “Yuventus” hujumchisi Marko Pyatsa bu safar “Torino”ga ijaraga berildi;

Lautaro Martines “Arsenal”ga oʻtishi mumkin. Londonliklar bu masala yuzasidan “Inter” bilan bogʻlangan (The Telegraph);

Shveysariya terma jamoasining endilikda sobiq ustozi Vladimir Petkovich “Bordo” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Shartnoma 2024-yilning yoziga qadar moʻljallangan;

“Chelsi” 29 yoshli darvozabon Markus Bettinelli bilan 2023-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi. Posbon erkin agent maqomida londonliklar safiga qoʻshilgan;

“Milan” “Borussiya D” yarim himoyachisi Yulian Brandt xizmatlariga qiziqish bildirmoqda (Calciomercato);

Pol Pogba “Man Yunayted”ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi. U “PSJ”ga oʻtmoqchi (RMC Sport);

“Chelsi” Romelu Lukakuni qaytarishni istamoqda. Klub “Inter”ga 130 mln yevrolik taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olgan (Sky Sport).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
37.3K views18:04
Ochish/sharhlash