Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 408

2021-07-27 21:23:54Rasman: “Man Yunayted” Rafael Varanni sotib oladi

Ingliz klubi fransiyalik futbolchi transferi borasida “Real” bilan kelishuvga erishilganini eʼlon qildi.

Futbolchi yangi jamoasida tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin shartnoma imzolanadi.

Xabarlarga koʻra, “Real” transferdan 50 mln yevro ishlab olgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
14.4K views18:23
Ochish/sharhlash
2021-07-27 19:33:01“Manchester Yunayted” 8 futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

Ingliz klubi foydali takliflar tushadigan boʻlsa quyidagi futbolchilarni sotib yuborishga tayyor: himoyachilar Brendon Uilyams, Fil Jons, Diogu Dalot va Aleks Telles, yarim himoyachilar Jessi Lingard, Andreas Pereyra, shuningdek, hujumchilar Deniyel Jeyms va Antoni Marsyal.

Mazkur futbolchilarning transferidan tushgan mablagʻni rahbariyati yangi xaridlarga sarflamoqchi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
22.9K views16:33
Ochish/sharhlash
2021-07-27 18:06:01Massimiliano Allegri “Real”dan tushgan taklifga nima sababdan rad javob berganini aytdi

“Meni bunday vazifaga loyiq koʻrgan “Real” prezidentiga rahmat aytishim kerak. “Yuventus”ni tanladim, chunki bu klubni yaxshi koʻraman va bu yosh jamoaga ishonaman.

Murabbiy sifatida bu futbolchilar bilan birga ishlash qiziqarli boʻladi. Biroq biz gʻalabalarga erishishimiz kerak. Bu eng muhimi”, — deydi Allegri.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
25.8K views15:06
Ochish/sharhlash
2021-07-27 16:29:52“Chelsi” Jyul Kundeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. “Chelsi” fransiyalik himoyachi transferi borasida ispan klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan, deya xabar qilmoqda Fabrisio Romano.

22 yoshli Kunde “koʻklar” uchun markaziy himoya chizigʻi uchun asosiy nomzod boʻlib turibdi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
27.3K views13:29
Ochish/sharhlash
2021-07-27 12:41:46Rasman: Superliga o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkaziladi

30-iyulda tanaffusdan qaytadigan O‘zbekiston chempionati va PFL tasarrufidagi boshqa chempionatlar muxlislarsiz o‘yingohlarda o‘tkaziladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
30.5K views09:41
Ochish/sharhlash
2021-07-27 07:46:00RPLda 2021/22-yilgi mavsum start oldi. 1-tur natijalari bilan tanishing!

1936-yildan beri ilk bor Rossiya/SSSR chempionatida tur davomida birorta ham durang qayd etilmadi

RPL|1-tur
23-iyul, juma
“Rostov”—“Dinamo M”|0:2

24-iyul, shanba
“Ximki”—“Zenit”|1:3
“Rubin”—“Spartak M”|1:0
“Lokomotiv M”—“Arsenal T”|3:1

25-iyul, yakshanba
“Ural”—“Krasnodar”|0:3
“Krilya Sovetov”—“Axmat”|1:2
“SSKA”—“Ufa”|1:0
“Nijniy Novgorod”—“Sochi”|1:0

Barcha musobaqalarning onlayn jadvallari, to‘liq taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati bizning botimizda → @TaqvimFutgol_bot

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.2K views04:46
Ochish/sharhlash
2021-07-26 20:12:04Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada!

Rafael Varan tez orada “Man Yunayted” futbolchisiga aylanadi. Transfer muzokaralari deyarli yakunlangan, kichik detallar hal qilinsa boʻlgani (Sky Sports);

“Yuventus” himoyachisi Merih Demiral faoliyatini “Borussiya D”da davom ettirishi mumkin. Turinliklar turkiyalik futbolchini 35 mln yevroga qoʻyib yuborishga tayyor (Fabrisio Romano);

Jon Terri “Aston Villa” murabbiylar shtabini tark etdi;

Jerdan Shakiri “Latsio”ga qaytish niyati borligini maʼlum qildi. Unga “Roma”dan ham qiziqish bor (Corriere dello Sport);

“Man Yunayted” ushbu yozda Antoni Marsyalni sotib yuborish qaroriga keldi (Daily Star);

Slavisha Stoyanovich “Navbahor”ni tark etdi. Tomonlar shartnomani bekor qilgan;

“Tottenhem” “Atalanta” yarim himoyachisi Kristian Romeroni sotib olishga yaqin. Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma kelishib olingan. Transfer 50 mln yevroga baholanmoqda (Fabrisio Romano);

Antuan Grizmann “Barselona”da qolish uchun maoshining kamayishiga rozi, ketadigan boʻlsa faqat “Atletiko M”ga oʻtmoqchi (Diario Sport);

“Yuventus” kelasi mavsum shartnomasi tugaydigan Krishtanu Ronaldu va ayni damda erkin agent maqomidagi Jorjio Kyellini bilan yangi kelishuv imzolamoqchi (Sky Sports).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
34.8K views17:12
Ochish/sharhlash
2021-07-26 18:34:01“Tottenhem” Erik Lamelani “Sevilya” futbolchisiga almashtirdi

Argentinalik futbolchi “shporlar” safini tark etib, ispan klubiga qoʻshildi. Qarama-qarshi yoʻnalishda “Sevilya” tarbiyalanuvchini Brayan Xil “Tottenhem”ga oʻtdi.

29 yoshli Lamela 2013-yildan beri londonliklar safida toʻp surib kelayotgandi.

20 yoshli Xil esa “Sevilya” bosh jamoasida 2019-yilda debyut qilgan. Hozirda futbolchi Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan Tokiodagi yozgi oʻyinlarda qatnashmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.7K views15:34
Ochish/sharhlash