Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 404

2021-08-03 00:27:14 Eldor Shomurodov rasman “Roma” futbolchisi!

“Roma” o‘zbekistonlik hujumchini “Jenoa”dan sotib olganini e’lon qildi.

Rimliklar Shomurodov transferi uchun Genuya klubiga 17,5 mln yevro to‘ladi.

Eldor “bo‘rilar” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. U yangi klubida 14-raqam ostida harakat qiladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
5.7K views21:27
Ochish/sharhlash
2021-08-02 23:14:59Rasman: Jorjio Kyellini “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirdi

36 yoshli himoyachi “Yuventus”da 2023-yil 30-iyuniga qadar qoladigan bo‘ldi. Kyellini 2005-yildan beri turinliklar sharafini himoya qilib keladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
8.1K views20:14
Ochish/sharhlash
2021-08-02 23:12:12 ​#Test

Ushbu stadion qaysi davlatda joylashgan?
8.0K views20:12
Ochish/sharhlash
2021-08-02 18:41:03 “Barselona” Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Diario Sportʼning xabar qilishicha, yangi kelishuv 2026-yilning yoziga qadar moʻljallangan boʻladi. Futbolchining maoshi esa 50% foizga kamayadi.

Tomonlar bir necha soat avval kelishuvga erishgani aytilmoqda, yaqin kunlar ichida bu haqda rasman eʼlon qilinadi.

Messi bilan shartnoma imzolash uchun “Barselona” maoshlar vedomostini koʻrib chiqishi kerak boʻladi. Hozirda klub ayrim futbolchilar bilan maoshlarni qisqartirish borasida muzokara olib bormoqda. Shuningdek, ayrim oʻyinchilarning sotuvidan tushgan pul ham vaziyatni yaxshilashi kutilmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
24.4K views15:41
Ochish/sharhlash
2021-08-02 17:15:13Koronavirus pandemiyasidan keyin amalga oshirilgan eng qimmat transferlar

Jeydon Sancho — 85 mln yevro
Kay Haverts — 80 mln yevro
Artur — 72 mln yevro
Viktor Osimhen — 70 mln yevro
Ruben Diash — 68 mln yevro
Ashraf Hakimi — 60 mln yevro
Miralem Pyanich — 60 mln yevro
Ben Uayt — 58,5 mln yevro
Timo Verner — 53 mln yevro
Ben Chiluell — 50,2 mln yevro.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
26.1K views14:15
Ochish/sharhlash
2021-08-02 15:22:26 Harri Keyn taʼtildan keyin “Tottenhem” mashgʻulotlariga qaytmadi

Angliyalik futbolchi 2-avgust kuni jamoaviy mashgʻulotlarni boshlashi kerak edi. Biroq Harri bugungi mashgʻulotlarda koʻrinish bermagan, deya xabar qilmoqda Sky Sports.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Keyn ushbu yozda “Man Siti”ga oʻtishi mumkinligi haqida haqida xabarlar yangragandi. Biroq tomonlar transfer narxi borasida kelisha olmadi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
27.9K views12:22
Ochish/sharhlash
2021-08-02 11:32:00Adama Traore London klubiga oʻtishi mumkin

“Tottenhem” yozgi transfer oynasida “Vulverhempton” forvardi Adama Traoreni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. 25 yoshli futbolchi “boʻrilar” safida birgalikdagi orqali “shporlar” ustozi Nunu Eshpiritu Santuga yaxshi tanish.

“Vulverhempton” Traore transferidan 45 mln funt ishlab olishni maqsad qilgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
30.4K views08:32
Ochish/sharhlash
2021-08-02 10:25:45 Eldor Shomurodov “Roma” yig‘in o‘tkazayotgan Portugaliyaga yetib bordi

Avvalroq futbolchi rimliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va klub bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi. Biroq “Roma” bu haqida hali rasman ma’lum qilmadi.

Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.1K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2021-08-02 09:10:43 Maurisio Pochettino qoʻl ostidagi “PSJ” 23% oʻyinda yutqazdi — bu qatarliklar boshqaruvga kelgandan keyingi eng yomon natija

Argentinalik murabbiy 22,86% oʻyinni (35 tadan 8 ta) boy berdi. Bu jamoa uchun soʻnggi oʻn yillikdagi eng yomon natija hisoblanadi. Parijliklar klubi 2011/12-yilgi mavsumda qatarliklar qoʻliga oʻtgandi.

Bu boradagi eng yaxshi koʻrsatkich Loran Blanga tegishli — 9,25%. Keyingi oʻrinlarda Unai Emeri (10,53%), Karlo Anchelotti (11,69%), Tomas Tuxel (14,96%) va Antuan Kombuare (21,43%) bormoqda

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.8K views06:10
Ochish/sharhlash