Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 403

2021-08-10 12:16:49Miralem Pyanich “Yuventus”ga qaytadi

“Yuve” yarimhimoyachini “Barselona”dan 2 yillik ijara sharti bilan o‘z safiga qo‘shib oladi. Pyanich Turinga qaytishi uchun maoshining 20 foiz qisqarishiga rozi bo‘lgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
29.2K views09:16
Ochish/sharhlash
2021-08-10 12:14:10Rasman: Jon Stounz “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi

Himoyachi endi 2026-yil 30-iyuniga qadar “Siti” sharafini himoya qiladi.

“Shaharliklar” endi darvozabon Ederson bilan kelishuvni uzaytirishi kutilmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
30.0K views09:14
Ochish/sharhlash
2021-08-10 08:49:00Leo Messi “PSJ”da 30-raqam ostida oʻynashi mumkin

Hujumchi parijliklar jamoasida 30-raqamni olishi ehtimoli yuqori, deya xabar qilmoqda Marca. U 30-raqam ostida “Barselona”da debyut qilgandi.

Qayd etilishicha, 30-raqamda Fransiya chempionatida odatda darvozabonlar roʻyxatdan oʻtkaziladi. Biroq Messining darajasini inobatga olib, unga rad javobi berilmaydi.

Avvalroq Neymar unga oʻzining 10-raqamini taklif qilgani, biroq Messi undan voz kechgani, shuningdek, futbolchi 19-raqam ostida harakat qilishi xabar qilingandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.8K views05:49
Ochish/sharhlash
2021-08-10 07:28:43 “Liverpul” oʻrtoqlik oʻyinida La Liga klubini magʻlub etdi, Firminodan dubl

Nazorat bahsi
9-avgust, dushanba

“Liverpul” — “Osasuna” 3:1
Gollar: 1:0 – 14, avtogol Areso, 2:0 – 21 Firmino, 3:0 – 41 Firmino, 3:1 – 70 Kike Garsiya.

“Liverpul”: Kelleher, Konate (Devis, 80), Gomes (Uilyams, 60), Uilyams (Bredli, 80), Simikas (Bek, 71), Fabinyo (Klarkson, 60), Oksleyd-Chemberlen, Jons (Vudbern, 30), Minamino (Henderson, 71), Gordon (Origi, 46), Firmino (Tiago Alkantara, 59).

“Osasuna”: Xuan Peres (Errera, 46), Xuan Krus (Ruben Garsiya, 61), David Garsiya (Grau, 46), Unai Garsiya (Ramalyo, 46), Areso (Vidal, 61), Inigo Peres (Oros, 46), Oyer Sanxurxo (Martines, 46), Roberto Torres (Barxa, 61), Torro (Dufur, 46), Chimi Avila (Budimir, 46), Barbero (Kike Garsiya, 46).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
35.8K views04:28
Ochish/sharhlash
2021-08-09 20:07:41Leo Messi hali “PSJ” bilan kelishuvga erishmadi

Telefoot nashrining xabar qilishicha, Messi parijliklar bilan kelishuvga erishmagan. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ayni vaqtda Messi Barselonada, oʻz uyida boʻlib turibdi. U “PSJ” bilan toʻliq kelishuvga erishganidan keyingina Parijga yoʻl oladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
38.7K views17:07
Ochish/sharhlash
2021-08-09 18:30:41 Xordi Alba Messi ketganidan keyin “Barselona” sardorlari safiga qoʻshildi

“Barselona” sardori Leo Messi katalonlar safini tark etdi. Shundan keyin bogʻich Serxio Busketsga oʻtdi, Alba esa toʻrtinchi sardorga aylandi.

Alba klubda bir necha yildan keyin toʻp surishiga qaramay, sardorlar safiga kiritilmagandi. Ushbu unvon uchun yana bir daʼvogarlardan biri Mark-Andre ter Shtegen edi.

“Barselona”da ikkinchi sardor Xerard Pike boʻlsa, uchinchisi Serxi Roberto hisoblanadi.

32 yoshli Alba 2012-yildan buyon “Barsa”da oʻynab keladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
37.5K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-08-09 16:13:23Romelu Lukaku “Chelsi” uchun tibbiy koʻrikdan oʻtdi

“Inter” hujumchisi Milan shahridagi klinikalarning birida “Chelsi” uchun tibbiy koʻrikdan oʻtdi, deya xabar qilmoqda Janluka di Marsio.

Fabrisio Romanoga koʻra, 28 yoshli futbolchi bu hafta Londonga yoʻl oladi. Yaqin kunlar ichida transfer rasman eʼlon qilinadi.

Avvalroq “Chelsi” Lukaku transferi uchun 115 mln yevro sarflashi, futbolchining oʻziga ega yiliga 12 mln yevro maosh vaʼda qilgani xabar qilingandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
35.9K views13:13
Ochish/sharhlash
2021-08-09 15:06:55Serxio Aguero jarohat sabab 2,5 oy o‘ynay olmaydi

“Barselona” hujumchisining jarohati jiddiy boʻlib chiqdi. 33 yoshli Aguero toʻpigʻidagi jarohat bois 10 hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Oʻtgan mavsum ham Serxio jarohatdan aziyat chekkan va “Man Siti” safida APLda bor yoʻgʻi 12 ta oʻyin oʻtkazgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
35.6K views12:06
Ochish/sharhlash