Get Mystery Box with random crypto!

​ Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada! “Chelsi” | FUTGOL

Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada!

“Chelsi” Jyul Kunde uchun “Sevilya”ga 30—35 mln yevro va himoyachi Kurt Zumani taklif qildi (Fabrisio Romano);

Eldor Shomurodov — “Roma” nishonidagi soʻnggi hujumchi. Tomonlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan, transfer 20 mln yevroga baholanmoqda (Calciomercato);

“Bayer” Sardor Azmun bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Transfer 25 mln yevroga baholanmoqda (Patrik Berger);

Oʻtgan mavsumni “Jenoa”da ijarada oʻtkazgan “Yuventus” hujumchisi Marko Pyatsa bu safar “Torino”ga ijaraga berildi;

Lautaro Martines “Arsenal”ga oʻtishi mumkin. Londonliklar bu masala yuzasidan “Inter” bilan bogʻlangan (The Telegraph);

Shveysariya terma jamoasining endilikda sobiq ustozi Vladimir Petkovich “Bordo” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Shartnoma 2024-yilning yoziga qadar moʻljallangan;

“Chelsi” 29 yoshli darvozabon Markus Bettinelli bilan 2023-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi. Posbon erkin agent maqomida londonliklar safiga qoʻshilgan;

“Milan” “Borussiya D” yarim himoyachisi Yulian Brandt xizmatlariga qiziqish bildirmoqda (Calciomercato);

Pol Pogba “Man Yunayted”ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi. U “PSJ”ga oʻtmoqchi (RMC Sport);

“Chelsi” Romelu Lukakuni qaytarishni istamoqda. Klub “Inter”ga 130 mln yevrolik taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olgan (Sky Sport).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!