Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Saloh “Man.Yunayted”ning kushandasi. Nega? Chunki Sal | FUTGOL

Muhammad Saloh “Man.Yunayted”ning kushandasi. Nega? Chunki Saloh “qizil iblislar”ga qarshi 15 ta o‘yinda naq 14 ta gol urdi.

Muhammad ustozi Klopp kabi mavsum so‘ngida “Liverpul”dan ketadimi yoki yo‘q — bu hozircha noma’lum. Lekin misrlik sehrgar joriy mavsum yana gullayapti. U hozirgacha 23 ta gol urib, 13 ta assist berdi barcha musobaqalarda.

Aytgancha, misrlikning “Liverpul” safidagi gollari ham 209 taga yetibdi. Shubhasiz, Kloppning “Liverpul”i eslansa, Saloh ro‘yxatning eng yuqorisida keladi.

@futgol_uz