Get Mystery Box with random crypto!

Avval 40 yilda, 40 kunda qaytgan bo‘lsa, hozir nari borsa 1 ha | FUTGOL

Avval 40 yilda, 40 kunda qaytgan bo‘lsa, hozir nari borsa 1 hafta, 3 kundayoq qaytyapti. O‘tgan turda “Man.Yunayted”ni so‘nggi daqiqalarda qon qaqshatgan “Chelsi” bugun o‘zi ham shunday holatga tushdi. Farqi yutqazmadi, faqat tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Avvalgi turda “Liverpul” oldida ip esholmagan “Sheffild Yunayted” Pochettino jamoasiga 90+3-daqiqada gol urdi va o‘yin 2:2 hisobi bilan tugashini ta’minladi.

Pachkalab futbolchilarni transfer qilgan “Chelsi”dan bu mavsum nimadir kutish xato ekanligini mavsum boshlanmasidan aytgandik. “Aristokratlar” mavsumning so‘zsiz eng beqaror jamoasi. Kamida APLda. Chunki Yevropa bu borada nomzodlar ko‘p. Masalan, bugun “Feyenoord”dan javobsiz 6 ta gol qabul qilib olgan — “Ayaks”.

@futgol_uz