Get Mystery Box with random crypto!

0 daqiqalik chempion “Inter” 2009-yilda Marko Arnautovichni “ | FUTGOL

0 daqiqalik chempion

“Inter” 2009-yilda Marko Arnautovichni “Tvente”dan ijaraga oladi. O‘shanda u endigina 20 yoshda edi. Va tabiiyki o‘sha vaqtdagi “bo‘rilar” Diyego Milito va Marko Balotelli sabab o‘yinni zaxiradan kuzatishga majbur edi. Ahvoli qanday bo‘lganini esa o‘sha mavsumda A Seriyada atigi 3 marta zaxiradan o‘yinga tushgani ham ko‘rsatib bera oladi. YCHLda esa Arnautovich biror marta maydonga tushmaydi. Biroq ikki marta zaxiradan o‘rin oladi — “SSKA” va “Barselona”ga qarshi o‘yinda.

Kelasi mavsumni esa Marko “Verder”da boshlaydi. U nemis klubidagi ilk mashg‘ulotda “YCHL—2010 g‘olibi” degan yozuvli butsi bilan ko‘rinish beradi. Tabiiyki, yangi jamoadoshlar Markoning ustidan yaxshigina kulishadi. Shundan keyin Arnautovich qaytib, bu butsini kiymaydi.

Aytgancha, uzoq sayohatlardan so‘ng Arnaning yana “Inter”ga qaytgani va hatto kuni kecha YCHL 1/8 finali doirasida “Atletiko M” darvozasiga g‘alaba golini urganini eshitgan, ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Balki, rostdan bu yil 2010-yilda o‘xshamagan ishini o‘xshatar-a Arnautovich?!

@futgol_uz