Get Mystery Box with random crypto!

“O‘zbekning o‘zi qiziq, o‘zidan ham so‘zi qiziq” degan gapni e | FUTGOL

“O‘zbekning o‘zi qiziq, o‘zidan ham so‘zi qiziq” degan gapni eshitgansiz. Lekin shu narsani bizdagi istalgan sohaga ishlatish mumkin ekan o‘ylab qarasam.

Masalan, o‘zbekning futboli qiziq, futboldanam uning atrofida bo‘ladigan ishlar juda qiziq.

Hali 350 ming dollar va buxgalter voqeasini unutishga ulgurmay turib, braziliyalik akaxonlardan qariyb 9,5 mln dollarlik “baxt xati” kelib turibdi-ku!

“Paxtakor”ni hatto ramziy 1 dollar emas, balki tekin bersa olishimiz mumkin deb turishgan bir vaqtda, “Bunyodkor”ning bu qarzlarini qanday yopishi shaxsan men uchun ham qiziq.

Ishoning, o‘zbek futboli bugungi o‘zbek kinolaridan 100 karra qiziq. Kamida uning atrofidagi voqealar. Ishoning, o‘zbek futboli bilan bog‘liq bunday ssenariylarni aniq o‘zbek dramaturglari ham, ssenariynavislari topib berolmaydi.

Xullas, serial davom etadi...

@futgol_uz