Get Mystery Box with random crypto!

“Estadio Mestalla”dagi qirpichoq “Valensiya”—“Real M” o‘rtasi | FUTGOL

“Estadio Mestalla”dagi qirpichoq

“Valensiya”—“Real M” o‘rtasida o‘yin emas, jang bo‘ldi. Rostakamiga. Birinchi bo‘limda Madridning o‘yini umuman chiqmadi, hatto Bellinghem tarkibga qaytgan bo‘lsa ham. Qandaydir 3 daqiqa ichida 2 ta xato va “Valensiya” 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim so‘ngida “Valensiya”ning “yoqimtoyi” Vinisius hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda Vinisius yana gol urdi va hisob tenglashdi. Hammasi shundan keyin boshlandi. “Valensiya” chinakamiga uyg‘ondi, hujumlarni yog‘dirdi. Ammo gol yo‘q, orada hakam Madrid darvozasiga penalti belgiladi. VAR bilan bekor qildi. Undan ham dahshati so‘nggi soniyalarda Bellinghem Brahim Diasning pasidan gol urdi. Biroq bu orada hakam Mansano hushtagini chaldi. Janjal va yana janjal. O‘yin tugagach Jud Bellinghem hakamga bir nimalar deb qo‘ygani ortidan qizil kartochka ko‘rsatildi. Xullas, jonli ko‘rganlar, baxtli insonlar qatoridasiz!

Jose Jordan/Getty

@futgol_uz