Get Mystery Box with random crypto!

Pulini to‘lab qo‘y! Zamonamiz insayderi Fabrisio Romano atrof | FUTGOL

Pulini to‘lab qo‘y!

Zamonamiz insayderi Fabrisio Romano atrofida g‘alati ishlar bo‘lmoqda. Norvegiya OAVlariga ko‘ra, “Valerenga” klubiga “Memmo” nomli kompaniya Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida futbolchilari borasida har xil xabarlar, jumladan, mish-mishlar joylashtirish taklifi bilan chiqqan.

Tabiiyki, taklif tekinga emas. Romano qaysidir futbolchi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 1 ta post yozishi 1100 AQSH dollariga teng ekan.

Agar u haqida video xabar qiladigan bo‘lsa, buning uchun 6000 ming dollarning bahridan o‘tishga to‘g‘ri kelarkan.

Hozircha zamonaiy insayder bu boradagi xabarlarga izoh bergani yo‘q. Xullas, qiziq bo‘lyapti...

@futgol_uz