Get Mystery Box with random crypto!

IMKONSIZ HARAKAT YO‘Q, ILOJSIZ MAQSAD Alohida ta’lim ehtiyoji | IT taʼlim

IMKONSIZ HARAKAT YO‘Q, ILOJSIZ MAQSAD

Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar tahsil oladigan 103-sonli maktab-internati o‘quvchilarining bugungi shiori shunday

Inson borki, u o‘z irodasi, qalbidagi jasorat va yashashga bo‘lgan ishtiyoqi orqali hayot qiyinchiliklari va murakkabliklaridan oshib o‘tishga o‘zida kuch topadi.

Ayni vaqtda ana shunday ko‘ngli va niyati osmon 283 nafar o‘g‘il-qiz ushbu maktabda bilim va kasb sirlarini o‘rganishmoqda. Ustoz va murabbiylarning jasorati shundaki, ular aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga nafaqat maktab dasturlaridan joy olgan, balki undan chetga chiqqan holda ham kasb sirlarini o‘rgatishadi. Bu esa ularning ertaga talabgir kasb egallashiga ham zamin yaratmoqda.

2022-yilda ushbu tayyor mahsulotlarni sotish orqali 12 mln. so‘m daromadga ega bo‘lib, mablag‘ning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlariga berildi.

Darvoqe, o'quvchilar yaratgan mahsulotlarni ushbu bot orqali xarid qilishingiz mumkin: https://t.me/minimarketmajnuntol_bot