Get Mystery Box with random crypto!

#Turkiston_qaygʻusi O‘tmishdagi O‘zbekiston o‘lkasida ming | Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

O‘tmishdagi O‘zbekiston o‘lkasida ming necha yuz yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 1865-yili chor Rusiyasining bosqinchiligi bilan ajragan bo‘lsak ham boshqa ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xorazm hukumatlari esa 1920-yil o‘rtalarigacha saqlanib kelmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘la turib, ongsizlik ofati, siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab qutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer boyligi qo‘shilar ekan, vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z yerimizda g‘arib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘la olmadik.
Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib o‘tmishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati esa shu hozirgi zamonaviy ilm-fan, qurol-jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib-yolvorib bulardan shafqat-marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. Shunga ko‘ra vatan bolalari
oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros, o‘z vatanlarini egallash uchun mudofaa tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona