Get Mystery Box with random crypto!

#Turkiston_qaygʻusi Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik k | Elektron kutubxona

#Turkiston_qaygʻusi

Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilg‘udek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. ur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
   Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi — dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi.
Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona