Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2022-09-08 08:00:07 ​​Ahmad A'zam. "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar

Men ommaviy mashhur asarlarga uncha ishonmayman. Chunki ko‘pi o‘rta-miyona kitobxonga mo‘ljallab yoziladi, o‘rta-miyona kitobxon esa haqiqatan ham omma. Sizni aytmayapman, bir kishi omma bo‘lolmaydi. Ammo o‘sha ommani ham aldash insofdan emas, yozuvchi hamma yerda, hatto fantastik asar yozganda ham haqqoniylikdan chekinmasligi shart deb hisoblayman. Mening fikrim shunday, qat’iy.

Siz ming yaxshi odam bo‘lmang, yaxshiligingiz yaxshi odamlar orasida bilinadi, hammasi yomonlarning orasiga tushing - yo bir esipa st, ye kaltafahm laqmaga chiqasiz. Bemalol yomonlik qilib yurishlariga xalal berasiz-da.

• Qarang, boshqa-boshqa davlat bo‘lib ketganimiz bilan hazratimiz bitta-da, darrov ko‘ngil topishdik, begonalik yo‘q.


@e_kutubxona
1.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 10:23:20 #Buyuklar_hayotidan_lavhalar

Abdulloh ibn Mas’ud Payg‘ambar alayhissalom bilan 22 yil
yonma-yon turgan sahoba edilar. Payg‘ambar alayhissalom: "Qur’onni nami ketmagan holda, ya’ni menga nozil qilingan holida o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Abdulloh ibn Mas’uddan o‘rganing", degan edilar.

Hazrati Umar hazrati Abdulloh ibn Mas’udni Ko‘faga jo‘natar ekanlar, u zotning ortidan ko‘faliklarga yuborgan salomlarida mana bunday gap bor ekan: "Islom davlatining poytaxti Madinai Munavvaradaga musulmonlar — hammamiz Abdullohning ilmlariga tashnamiz. Lekin hozir o‘zimizni qo‘yib sizlarga yuboryapman Abdullohni. Sizlar foydalaninglar. Lekin unutmangki, Madinadagi butun sahobalar Abdullohning ilmiga muhtojdirlar".

Demak, Abdulloh ibn Mas’udning ilmi shu darajada mukammal ekan. Bu zot Ko‘fada islomiy ma’rifatni shu qadar yoydilarki, natijada hazrati Umardan keyin xalifalik qilgan zot — hazrati Usmondan so‘ng xalifa bo‘lgan hazrati Ali Ko‘fani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar. Hazrati Ali xalifa sifatida Ko‘faga kirib kelgan davrda bu yerda 4 ming nafardan ziyod juda yetuk bilimli ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan ta’lim olgan edilar. Bu holatni ko‘rgan hazrati Ali: "Abdullohning mukofotini Ollohning o‘zi bersin. Ko‘fani ilmga to‘ldirib qo‘yibdi-ku!" deb marhamat qilganlar.

Endi hazrati Alining o‘zlariga kelsak. Bu kishining ilm darajalari haqida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam, "Ilm shahri bo‘lsa u — menman, bu shaharning darvozasi Alidir", degan edilar.

Ko‘fa shahridagi bu go‘zal iqlim Imomi A’zam tug‘ilgan davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bu davrda Ko‘fada 1500 sahoba yashagan edi. Bu sahobalarning ilmlaridan bahra olgan imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh shunday ilmda tengsiz bir maqomda hammaga ustoz bo‘lib, nafaqat oddiy musulmonlarga, balki din peshvolari bo‘lgan mujtahid ulamolarga ham ustozlik darajasiga chiqqan ekanlar. Ulamolardan biri hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayhni eng kamida 83 mingta masala aytganlar, deydilar. Bu - to Qiyomat so‘ralishi mumkin va lozim bo‘lgan hamma masalalarga Imomi A’zam javob aytganlar, deganidir. To‘rt mazhab ichida Imomi A’zamning mazhabi eng ulug‘ deb tan olinishi o‘sha masalalarning puxtaligi va Qur’onu hadisga muvofiqligidandir. 83 ming masalani aytishga bir odamning umri kifoya qilishi o‘ta mushkuldir, lekin Olloh Imomimizga ana shunday ne’matni in’om etgan ekan.

- Alouddin Mansur. "Imomi A'zam - buyuk imomimiz"

@e_kutubxona
1.5K views07:23
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:09:19 Burro til burro aql nishonasi emas

O‘qib yurgan paytlarim so‘zamol javoblarimga «besh» qo‘yib beravergan o‘qituvchilarimdan endi ranjidim. Burro til burro aql nishonasi bo‘lavermas ekan, haligi «besh»lar bu yerda asqotmadi. Baland baho emas, chuqur bilim kerak ekan. Bularning kitoblari mutolaasida mazmunining ichiga kira olmay, fikrlarim yuzalab ketaverganida ana shu haqiqatni achchiq angladim. Attangki, diplomda «a’lo» bisyorligi qomusiy bilim degani emasligini boshimdan o‘tkazdim!

- "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" romanidan

@e_kutubxona
1.7K views05:09
Ochish/sharhlash
2022-09-04 19:33:43 Kitobxonlar ligasi — 2022

G‘olib va sovrindorlar:


Dilnura Yuldosheva
Mukofot: 1 000 000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

Nodira Toshaliyeva
Mukofot: 400 000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

Shohsanam Jo‘rayeva
Mukofot: 300 000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

Abdujalil Xojimatov
Mukofot: 300 000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

5—48-o‘rinni olgan barcha kitobxonlar 1 donadan kitob bilan taqdirlanadi.
Bular:

Yarimfinalchilar:
Maftuna Mirzoyeva
Gavhar Mamarasulova
Shahnoza Jahongirova
Falcon

Chorakfinalchilar:
ЖасурNa‘biyev
Nilufar Payziyeva
Sevara Abdunazarova
Nargizaxon Muhammad Amin
Ре Минор
Jasurbekovna
Mohigul Dadayeva
Saida Ilmuradova

Guruh bosqichi ishtirokchilari:
Aziz Samiyev
Mohigul
Zilola Jurayeva
Fazoda Toʻxliyeva
Adkham Mukhiddin úğli
Andakulova Shokhsanam
Oybek Abdulazizov
Guli Tolibova
Alif
Muhammad Yusuf
Shahrizoda Dilmurodova
Dengiz
Laylo Pardayeva
Gulnoza
Amirkhan
Ochilova Saodat
Humoyun Qodirov
Шаробиддин
Abdullayeva Adiba
Dilnoza Xo‘jaqulova
Dilfuza Abdullayeva
Ilhom
Равшан Бурхонов
Behruz
Hojiakbar
Shohida T
Muxlisa
Vahobovna
Baxtliman
Yulduz Ro‘ziyeva
Ro'zmatova Guliruxsor
Samodagi gul

Mukofotlar oy davomida navbatma-navbat o‘z egalariga yetkazib beriladi.
Sovrindorlar mukofotini olgani haqidagi xabarni
liga guruhida qoldiradilar.
Mukofotlash 4-sentabrdan boshlanadi

G‘oliblarimiz bilan yaqin daqiqalardan aloqaga chiqishni boshlaymiz.

♕ @kitobxonlar_ligasi
813 views16:33
Ochish/sharhlash
2022-09-03 12:32:44 #Ihyou_ulumid_din

Olimlar uch xil bo‘ladi:

1. O‘zini ham, boshqalarni ham halok etuvchi olimlar. Ular ochiqdan-ochiq dunyo talab qilganlar va unga yuz tutganlar.

2. O‘zini ham, boshqalarni ham saodatga eltguvchi olimlar. Ular xalqni zohiru botinda Allohga da’vat qiladi.

3. O‘zlarini halok qilib, boshqalarni saodatga yo‘llovchi olimlar. Ular zohiran odamlarni oxiratga chorlaydi, tashqaridan dunyoni tark qilganga o‘xshab ko‘rinadi, lekin botini, asl maqsadi xalqni o‘zi tomonga og‘dirish yoki biror obro‘ga ega bo‘lishdir.

Bas, holat shunday ekan, sen o‘zingning qaysi toifadan ekaningga e’tibor ber! Kimlardan ibrat olayotganingga xolis qara. Alloh o‘zi uchun qilinganidan boshqa biror ilm yoki amalni qabul etmasligini xotiringdan chiqarma

Sham boshqalarga yog‘du taratgani holda, o‘zi yonib tugab boraveradi. Soxta olim ham shunday. O‘zgalarni isloh qilsa-da, o‘zi halokat yo‘lida davom etaveradi. Mol-dunyo topishga targ‘ib qiluvchilar esa, o‘zini ham, boshqalarni ham yondirib tugatadigan olovga o‘xshaydi.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
1.2K views09:32
Ochish/sharhlash
2022-09-02 17:34:50 Jahon adabiyoti
Nikolay Gumilyov
"Saroyning so'nggi shoiri"
Novella
0,1 MB
PDF
6 sahifa

@e_kutubxona
2.2K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:34:58 Kitobxonlar klubi: Sentyabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№154 | 03.09.2022 | 20.00 ~ 23.00
Nikolay Gumilyov. Saroyning so'nggi shoiri (novella, 6b)

№155 | 10.09.2022 | 20.00 ~ 23.00
Amina Shenliko‘g‘li. Muslima ayol Yevropada (256b)

№156 | 17.09.2022 | 21.00 ~ 23.00
Abu Muslim. "Overton oynasi" yoxud "yo‘q qilish texnologiyasi" (maqola, 11b)

№157 | 24.09.2022 | 20.00 ~ 23.00
Gomer. Iliada (doston, 456b)

——————————————————
- Oddiy muhokama
- Tanlovli muhokama

——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

@e_kutubxona
2.8K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:00:06 #Tarixi_Muhammadiy

Ey mo‘minlar, Alloh taolo sizlarga nusrat berurman, deb o‘zi va’da qildi. Alloh va’dasining haqligiga hech shak yo‘qdur. G‘animlar ustidan g‘alaba qozonmoq uchun urush maydonida chidamlik kerakdur. Dushmanlar qarshisida bahodirlik bilan sabot qilguvchi mo‘minlarni Alloh do‘st tutgay. Farishtalar alarning yordamida bo‘lg‘aylar. Bundoq o‘rinda sabr qilib, shijoat ko‘rsatuvchilarni Alloh taolo doimiy davlatga yetkazgay, kelguvchi kunlarning qayg‘u hasratlaridan ko‘ngillarini qutqazgay.
Bu so‘zga chuqur fikr qiling, Payg‘ambarimiz aytgan bu va’zlarida ummatlarining doimiy davlatga yetmakliklari uchun, dunyo turmushida g‘amu qayg‘udan ozod bo‘lmoqlari uchun, birinchi darajada dushmandan g‘alaba qozonmoq kerak ekanligini ochiq ko‘rsatdilar. Chunki mag‘lubiyatga uchrab, dushmanlaridan yengilgan millatlar doimiy qayg‘u-hasratda qolib, xoru zorlik birla yashamoqqa majburdirlar. Har bir kimsaga ma’lumdurki, hayot olamida insonning eng sevgan, qadrlik, qimmatlik to‘rt narsasi bordur. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘larlar. Alarning eng birinchisi shuldurkim, har odam o‘z erk va ixtiyoriga ega bo‘lmoqdur. O‘zida erki, qo‘lida ixtiyori yo‘q odamlarning hayvondan nima farqlari bordur.
Ikkinchisi shulki, shar’iy yoki qonuniy kasblar orqalik topgan molu dunyosi, qilgan mehnatining mevasi shul topguvchining o‘z haqqi bo‘lib, aning xos mulkidur.
Uchinchisi, har bir millatning haqiqiy onasi, u millatning tug‘ilib o‘sgan, ota-bobosidan meros qolgan Vatanidur. Ona Vatanni boshqalar tasarrufiga qoldirmoq — Vatan avlodlarining kechirilmas og‘ir jinoyatlaridur, balki inson huquqlariga qilgan xiyonatidur.
To‘rtinchisi, har mamlakat xalqining asrlar bo‘yi asralib kelayotgan muqaddas dinlaridur. Endi bu yuqorida yozilmish to‘rt narsaga ega bo‘lmoq uchun har millatning butun huquqlari shu millatning o‘z qo‘lida bo‘lishi shartdur. Bu ish esa hayot olamining kurash maydonlarida dushmanlari uzra g‘alaba qozonmoq bilan qo‘lga kelur. Shuning natijasida u millatning hokimiyati o‘z qo‘lida saqlanur. Ana shundagina butun huquqlarini o‘zlari himoya qila olgaylar. Agar bundog‘ bo‘lmay, ish teskarisiga aylanib, mag‘lubiyat balosiga qolsalar, asorat va mahkumiyat zanjiri bilan band bo‘lib, dushman qo‘lida qolsalar, ul chog‘da insoniyat huquqlaridan butunlay ajrab, yuqorida aytilmush to‘rt qimmatlik narsaning biriga ham ega bo‘lolmaydilar. Balki hayvonlar qatoridan ham tubanroq darajaga tushadilar. Boshimizdan o‘tayotgan tarixiy voqealar, ustimizda bo‘layotgan hozirga hodisalar bu ishga jonlik shohiddir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan bu va’zlarining sirlari ozroqqina o‘ylab qaragan har qandoq kishiga ochiq ma’lumdur.

- Alixonto'ra Sog'uniy. "Tarixi Muhammadiy"

@e_kutubxona
1.3K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-23 06:00:03 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №153 muhokama uchun Ilya Ilf va Yevgeniy Petrovning "O‘n ikki stul" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 27-avgust, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
3.4K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-22 16:25:51 Insonning afzaliyati

Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kimlar?» deb so‘rashdi. «Olimlar», deb javob berdilar. «Podshohlar kim?» deb so‘rashdi so‘ngra. «Zohidlar», deya javob qildilar.
«Pastkashlar kim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo yeydiganlar», dedilar.
Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil inson demadilar. Chunki insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy xususiyati ham ilmdir. Inson nima bilan sharafli bo‘lsa, o‘sha narsa bilan insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvatida emas. Zero, tuya insondan ancha baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, zero, fil undan kattaroqdir. Afzallik shijoat bilan ham o‘lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon undan ko‘ra shijoatliroqdir. Yeb-ichish bilan ham afzal emas, ho‘kizning qorni unikidan kattaroq. Demak, inson faqat ilm uchun yaratilgan.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
3.8K views13:25
Ochish/sharhlash