Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-13 10:03:29 #Buyuklar

BUYUK TOBE'INNING VAFOTI

Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi.

@e_kutubxona
8.0K views07:03
Ochish/sharhlash
2024-05-12 10:30:46 Mumtoz adabiyot durdonalari
Asarlar to‘plami
Yusuf Hos Xojib
39,4 MB
RAR {PDF}

To‘plam tarkibi:
• Qutadg'u bilig
• Qutadg'u bilig (akademik nashr)
• Qutadg'u bilig (nasriy bayoni)
• Saodatga eltuvchi bilim

@e_kutubxona
9.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-05-11 20:15:17 #Tanlama

Kitobxonlar klubi'da 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan №194 kitob tahlili uchun asar tanlash so‘rovnomasi yakunlari:

Jami: 1439 ovoz
1. Telba — 489 (34%)
2. Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi — 391 (27%)
3. Qo‘rqinchli Tehron — 234 (16%)
4. Hech — 166 (12%)
5. Yumshoq kuch — 159 (11%)

Demak, 25-may kuni Kitobxonlar klubida "Telba" romani tahlil qilinadi.
9.2K views17:15
Ochish/sharhlash
2024-05-11 10:21:44 Yolg‘onning manipulyatsiyadan farqi nimada?

Bu hodisalarda ikkita taraf bor birinchisi aldayotgan ikkinchisi aldanayotgan taraf. Yolg‘onda aldanayotgan taraf o‘zining yolg‘on qurboni bo‘layotganini bilmaydi. Manipulyatsiyada ikkita taraf ham o‘zining maqomini yaxshi biladi, ya’ni ikkita taraf ham yolg‘onga rozi bo‘ladi.

Yolg‘onning natijasi va zarari o‘z davrida bilinadi. Manipulyatsiyaning natijasi va zarari avlodlarga eksport qilinadi.

Masalan, saylovda qatnashayotgan taraflar saylov natijasini juda yaxshi biladi, bu ma’lum bir muddatga "barqarorlikni" ta’minlaydi lekin avlodlar adolatsiz jamiyatda yashashga mahkum etiladi.

Bugun adolatsiz jamiyatda yashayotgan xalqlar o‘z ajdodlarining manipulyativ qarorlari qurbonlaridir.

- Hamid Sodiq

@e_kutubxona
9.8K views07:21
Ochish/sharhlash
2024-05-10 17:02:08
Gar jam bo’lsang, hamma olam jamdur,
Gar kam bo’lsang, hamma olam kamdur.
Gar shod bo’lsang hamma olam xurram,
Gar g’am yesang, hamma olam g’amdur.

- Sadriddin Salim Buxoriy

@e_kutubxona
10.9K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-05-07 16:41:53 Johiliyatdagi arablarning odati, agar otlari ko‘payib, zotdori bilan xashakisi aralashib ketsa, hamma otlarni bir joyga to‘plab, ovqat va ichimlikdan man qilib, ularni urishar, so‘ngra biroz o‘tgach ularga ovqat va ichimlik keltirishar edi. Shu payt ana shu otlar ikki jamoaga bo‘linar ekan. Bir jamoa hech narsaga qaramasdan ochligi sabab ovqat va ichimlik uchun shoshgancha yugurib kelar, ikkinchi toifadagi otlar esa, urib xorlagan qo‘ldan ovqat yeyishga botinmas ekan.
Ular shu yo‘l bilan zotdor otlarni xashakilari orasidan ajratib olishar edi.
Biz yashayotgan davrda xashaki otlar va xashaki fikrlovchilar naqadar ko‘p-a?!

- Anvar Ahmad sahifasidan

@e_kutubxona
15.9K views13:41
Ochish/sharhlash
2024-05-05 20:39:20 Avtoritar davlatlarda diplom loyallikka qarab beriladi. (c)
_
Tizimga qancha loyal bo‘lsang diplom (sertifikat, tashakkurnoma, ishonch yorlig‘i va hk.) soni oshib boraveradi...

@e_kutubxona
17.7K views17:39
Ochish/sharhlash
2024-05-04 17:41:33
#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

04.05.2024
[iBook]

@e_kutubxona
19.8K views14:41
Ochish/sharhlash
2024-05-04 11:39:22
#Yangi_nashr

• Kitob nomi: «Qonunlar ruhi haqida»
• Muallif: Sharl Lui Monteske
• Tarjimon: Hamid Sodiq
• Nashriyot: Trust and support
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: kirill
• Betlar soni: 288
• Muqovasi: qattiq
• Chop etilgan yili: 2024
• Adadi: 1000 nusxa

Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

@e_kutubxona
15.4K views08:39
Ochish/sharhlash
2023-07-24 17:00:08 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №179 mutolaa uchun Zbignev Bjezinskiyning "Buyuk shaxmat taxtasi" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
1.1K views14:00
Ochish/sharhlash