Get Mystery Box with random crypto!

#VASATIYA Sen hammaning birday mo‘min bo‘lmaganiga ko‘p ha | Elektron kutubxona

#VASATIYA

Sen hammaning birday mo‘min bo‘lmaganiga ko‘p ham kuyunaverma. Ularning hammasi iymonga kelishi shart emas. Agar shu narsa zarur bo‘lganida, Alloh taolo ularning hammasini avval boshdan mo‘min qilib yaratar edi yoki mo‘min bo‘lishga majbur etar edi. Ha:
«Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar». (10/99)
Lekin barcha hikmat sohibi bo‘lgan U Zot bunday qilmadi. Insonni yaxshilik va yomonlik, iymon va kufrga layoqat bilan yaratdi. Unga u yoki bu yo‘lni tanlab olish ixtiyorini berdi. Alloh insonga to‘g‘ridan noto‘g‘rini ajratadigan aql ham berdi. U zot aqllarga eng oson yo‘lni ko‘rsatish uchun Payg‘ambarlar yubordi. Kitoblar nozil qildi. Shunday qilib, iymon ishi ixtiyorli bo‘ldi. Ana o‘sha omillar orqali har bir odam to‘g‘ri yo‘lni topib olishi mumkin. Lekin Alloh hech kimni majbur qilmaydi.
«Yoki sen odamlarni mo‘min bo‘lishga majburlaysanmi?»
Yo‘q, albatta. Iymon ishi qalbga bog‘liq. Unga majburlash foydasizdir.

-- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona