Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2022-12-01 10:29:39 Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Ma’lumki, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim.

Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
18.3K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:33:48
OTMda oʻqiyotgan ayrim talabalarga kontraktining bir qismi qoplab beriladi

Texnikumlarda yoki OTM (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali)da oʻqiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi-talabalarga kontrakti bir qismi qoplab beriladi.

https://kun.uz/97434860

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.9K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:00:55
Abiturent va Talabalar diqqatiga Siz kutgan yangilik
O'zbekistonda joylashkan xusysi unversitetlar
Korea universitet o'qishga rasman qabul boshlandi!!!

1-kursdan Oʻqishga kiring
2-kursdan Oʻqishni koʻchiring 3-kursdan Oʻqishni koʻchiring( перевод)

Suhbat asosida talaba bo'ling

Kundizgi  15-16millon
Sirtqi 9-12 millongacha

Iqtisodiyot
Bank ishi va moliya
Jismoniy tarbiya
Xorijiy til va adabiyoti
Tarix
Axbarot texnalogiyasi
Boshlangʻich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Pedagogika va psixologik
Kompyuter injiniring
Ona tili va adabiyoti
Soliqlar va soliqqa tortish

Kompaniya to'lovi mavjud.
Tel +998905329400
@Qabul_kom
3.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-11-28 08:34:29
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va arab tillaridan ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 9 282 nafar talabgordan 8 774 nafari ishtirok etdi. 26 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.3K views05:34
Ochish/sharhlash
2022-11-28 08:00:35
O'qishga kira olmagan abiturientlar uchun maxsus taklif!

Tibbiyot universiteti endi Toshkent shahrida !!!

Imtihonsiz Toshkentda, Buxoroda, Xorazm, Qashqadaryo, viloyatlarida joylashgan TOP Universitet talabasi bo’ling!

- Kontrakt to’lovini bo’lib to’lash;
- 2-3kursdan ko'chirib o'tkazish;
- O’qib ishlash imkoniyatlari mavjud.

Fakultetlar:
- Stomotologiya
- Davolash ishi
- Difektologiya
- Pediatriya
- Buxgalteriya
- Tarix
- Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
- Bank ishi va Audit
- Turizm
- Boshlang'ich ta'lim
- Maktabgacha ta'lim
- va boshqa yo'nalishlar

Bot orqali ariza qoldirish uchun bosing.

BATAFSIL MA'LUMOT UCHUN:
+998910092099
+998908291404
2.6K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-11-24 19:03:27 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 13- va 15-17-noyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (25-27-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.9K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-11-24 19:03:18 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-22

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.7K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-11-20 11:28:46 Turmush o‘rtog‘ining kontrakt to‘lovini to‘laganda daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining:
professional ta’lim tashkilotlarida;
oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Bu imtiyoz soliq to‘lovchi:
o‘zi uchun;
26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini) uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirgan summasiga qo‘llaniladi. 

Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari ajratgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bu imtiyoz soliq to‘lovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qo‘llanilmaydi.


Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.7K views08:28
Ochish/sharhlash
2022-11-20 09:45:07
Buxoro shahrida joylashgan yangi BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI Vazirlar mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziyasiga ega bo'ldi.

Bakalavr ta'lim yo‘nalishlari:

MAKTABGACHA TA'LIM PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI
BOSHLANG'ICH TA'LIM
JISMONIY MADANIYAT
AMALIY MATEMATIKA
IQTISODIYOT (tarmoq va sohalar bo'yicha)
O'ZGA TILLI GURUHLARDA RUS TILI
DEFEKTOLOGIYA
PSIXOLOGIYA
TRANSPORT LOGISTIKASI

Ta'lim turi: kunduzgi, kechki va sirtqi

Magistratura mutaxassisliklari

IQTISODIYOT (tarmoq va sohalar bo'yicha)
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI (faoliyat turi bo'yicha)
TA'LIM MUASSASALARINING BOSHQARUVI
TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Xotin-qizlar 0 %, o’g’il bolalar imtiyozli 14 %lik ta’lim kreditlariga ega bo’ladilar.

Murojaat uchun telefon: 95-600-50-05, 95-608-50-05, 99-724-50-00

Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko'chasi, 10-uy.
(Mo‘ljal: Avtomobil va yo'llar texnikumi)
3.3K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-11-19 17:17:20 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilib:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
4.9K views14:17
Ochish/sharhlash