Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-01-09 19:15:48 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
14.0K views16:15
Ochish/sharhlash
2023-01-09 18:30:01 Бюджетда ўқиган талабалар янги Меҳнат кодекси бўйича ишга қабул қилинаётганда дастлабки синов муддатисиз ишга қабул қилинади. Юрист-блогер Баҳодир Аҳмедов бунинг тартиби ҳақида ёзибди:
https://t.me/bahodirahmedoff/8332

Блогер ўз нуқтаи-назарларини билдирибди.
15.8K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:35:21
140mingga yaqin yoshlar xorijda oʻqishni tanlashmoqda

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan davlatlar:

Qirgʻizston – 52 291 kishi

Tojikiston – 47 213 kishi

Rossiya – 13 128 kishi

Qozogʻiston – 10 646 kishi

Turkiya – 5 265 kishi

Janubiy Koreya – 4 645 kishi

AQSH – 987 kishi

Buyuk Britaniya – 971 kishi

Belarus R. – 928 kishi

Germaniya – 772 kishi

Yaqin xorij mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari eʼlonlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, yoki umuman kirish imtihonlarining yoʻqligi, kontrakt narxini pastligiga alohida urgʻu beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
7.6K views06:35
Ochish/sharhlash
2023-01-09 09:02:14
OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA QISHKI QABUL BOSHLANDI
Talabalar quyidagi 13 ta yo‘nalish Bakalavr va 3 ta yo’nalish Magistratura bo‘yicha tahsil olish uchun qabul qilinmoqda:

Iqtisodiyot
Moliya va Moliya Texnologiyalari
Tarix
Jismoniy Madaniyat
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Konchilik ishi
Boshlangʻich taʼlim
Maktabgacha taʼlim
Pedagogika va Psixologiya
Ingliz tili va Adabiyoti
Davolash ishi
Farmatsiya
Stomatologiya
Magistraturada o’qish uchun:
Pedagogika va Psixologiya
Iqtisodiyot
Boshlang’ich ta’lim

Ta’lim jarayonlari kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.(litsenziya №047757)

Batafsil ma'lumot:
+998553050009

Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74. (Mo’ljal Avtovokzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida)
8.8K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:03:11
#Tezkor #Tarqating

Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirishda maktab baholari hisobga olinadi

2023 yildan boshlab oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirayotganda ballga maktab attestatidan olingan oxirgi 6 yillik oʻqish baholari qoʻshiladi. Yaʼni, 6-11-sinflar yoki 6-9-sinflar va 1-2-kurslarning yillik baholari hisobga olinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
6.8K views10:03
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:53:35 ​​ Rasmiy xabar: qishki taʼtil uzaytirildi

Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻquv mashgʻulotlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
10.9K views14:53
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:27:25
#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.


Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.9K views11:27
Ochish/sharhlash
2023-01-03 08:05:23
31 ta OTMda dars vaqti oʻzgardi

Toshkent metropolitenida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023 yil 9 yanvardan 31 ta taʼlim maskani talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Bu yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qilinayotgani aytilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
8.9K views05:05
Ochish/sharhlash
2022-12-31 19:41:35
Yangi yil muborak aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi 2023-yil kirib kelmoqda!

Davlat test markazi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2023-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
6.3K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-12-29 12:21:18
“Maktabda oʻtilmagan fanlar boʻyicha OTMga kirish imtihonida savollar berilmasligi kerak. Men bu boʻyicha topshiriq berganman” — Shavkat Mirziyoyev

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
11.3K views09:21
Ochish/sharhlash