Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchu | Davlat test markazi

Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Ma’lumki, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim.

Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi