Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2022-12-21 17:33:14 #abituriyentga_qulaylik

2023/2024 oʻquv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

2023/2024 oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.1K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-12-20 17:11:00 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 27-28-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-12-20

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
5.7K views14:11
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:30:57 #xushxabar

2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming kvota ajratiladi. Bu 2022-yilgidan 30 mingga koʻproq.

Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.

Kelasi 5 yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi.

Prezident murojaatnomasidan

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.5K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-12-18 13:01:28
Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi

2022-yil 18-dekabr kuni fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

Unda 3 423 nafar talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60-85 foiz — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.4K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-12-14 09:37:19 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi

Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan:

7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;

8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.

Bunda:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;

talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;

o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
4.3K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2022-12-11 14:31:05 Chet tilini bilish darajasi testi

DTM tomonidan rasman taqdim etilgan original #Ingliz_tili #multilevel testlarini yuklab oling!

Listening (audio)
Reading
Writing

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.0K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-12-11 13:21:46
Toshkent shaxrida 3 kursdan talaba bo’ling

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy G'oya
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Geodeziya
— Kartografiya
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

Onlayn hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 94-135-44-45
+998 91-053-15-20


Telegram: https://t.me/Abituriyent_Talaba_Oquvchi
3.3K views10:21
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:45:59
Talabalar, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilari uchun qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanadi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri matbuot kotibi Mo‘min Ibodov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Shuningdek, talaba va oʻquvchilarni qishki taʼtil vaqtida doimiy yashash joylariga borib kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish uchun OTMda Ishchi guruhlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida esa alohida shtab tuziladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
6.0K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-12-03 11:15:33
Hozir Oʻzbekistonda koʻplab xususiy universitetlar ochilyapti. Ularning diplomi ham davlat OTMlariniki bilan bir xil kuchga egami?

Bu savolga Taʼlim inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Sardor Maqsudovdan javob berdi

“Litsenziya asosida ishlayotgan xususiy OTMning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadigan taʼlim hujjati boʻla oladi”, deb javob berdi Sardor Maqsudov.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
4.4K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-12-03 10:54:59
Toshkent shaxrida 3 kursdan talaba bo’ling

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy G'oya
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Geodeziya
— Kartografiya
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

Onlayn hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 94-135-44-45


Telegram: https://t.me/Abituriyent_Talaba_Oquvchi
5.7K views07:54
Ochish/sharhlash