Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2022-10-30 14:01:43
Abiturent va Talabalar diqatiga Siz kutgan yangilik
Oʻzbekistonda ta’lim oling!!!

kursdan oʻqishga kiring va
kursdan oʻqishni koʻchiring ( перевод)

Suxbat asosida talaba bo'ling

Ta’lim yo’nalishlari 11-27 ml

Iqtisodiyot
Bank ishi va moliya
Filalogiya
Tarix
Axbarot texnalogiyasi
Boshlangʻich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Pedagogika va psixologik

Kompaniya to'lovi mavjud.

Aloqa bo'limi:

94-135-44-45 | Yozish
90-076-52-54 | Yozish

Biz bilan aloqada bo'ling
6.6K views11:01
Ochish/sharhlash
2022-10-28 16:10:20 Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
22.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-10-25 15:10:43 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.0K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-10-25 14:04:04
Ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari

2022-yil 1-noyabrdan boshlab ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi.

Mazkur jarayon ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgani sababli gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari (ingliz tilidan) bo‘yicha maxsus videorolik tayyorlandi.

Videorolikda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni o‘tkaziladigan dasturdan qanday foydalanish kerakligi to‘liq tushuntirilgan.

Shuningdek, test.dtm.uz sayti orqali dasturdan foydalanib ko‘rish va jarayon bo‘yicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lish mumkin.

Mazkur tartib ko‘p darajali tizimda o‘tkaziladigan imtihonlarga taalluqli bo‘lib, har bir daraja uchun alohida o‘tkaziladigan imtihonlarga tegishli emas.

Videoni HD formatda ko‘rish uchun:



Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
22.2K views11:04
Ochish/sharhlash
2022-10-24 17:24:01 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 29-30-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-4-, 7-8-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-10-24

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
22.2K views14:24
Ochish/sharhlash
2022-10-24 17:24:01 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bugun, 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 12-noyabrga qadar davom etadi.

Bunda talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish huquqiga ega.

Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Hududlardagi test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imi cheklangan bo‘lib, talabgorlar mazkur sig‘imdan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Shu sababli har bir fan bo‘yicha birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan ma’lum miqdordagi talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Test sinovlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
29.5K views14:24
Ochish/sharhlash
2022-10-20 08:31:22 25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Test sinovi uchun talabgorlarni roʻyxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktyabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.

Test sinovi natijasi boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha toʻplaganlarga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball toʻplaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
30.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-10-18 13:30:52
Ommaviy diktant marafoniga marhamat!

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida respublika miqyosida “Ommaviy diktant marafoni” tashkil etilmoqda.

Marafon Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro viloyat hokimligi va Davlat test markazi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha qiziquvchilar oflayn yoki onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin.

Diktant o‘tkaziladigan joy: Davlat test markazi Buxoro viloyati bo‘limi binosi.

Manzil: Buxoro tumani, Bog‘idasht MFY (7-kichik tuman, 43-maktab orqa tomoni).

Sana va vaqt: 2022-yil 19-oktabr 11:00.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://diktant.buxdupi.uz/

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.4K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-10-15 13:06:09 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlari professional ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga muvofiq professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyatlari professional ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi.

Unga ko‘ra test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari to‘liq yakunlanib, tanlov natijasi e’lon qilingandan so‘ng ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
27.1K views10:06
Ochish/sharhlash
2022-10-15 13:06:08 #Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

Ma’lumki, 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
26.0K views10:06
Ochish/sharhlash