Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 26

2022-07-20 15:46:52 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy _(ijodiy)_ imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.0K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-07-20 08:32:23
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish:

Davlat test markazining my.dtm.uz sayti;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinmoqda.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:



Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.4K views05:32
Ochish/sharhlash
2022-07-19 16:54:56 ​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 19-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 886 844 nafar.

Shundan:

355 752 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
531 092 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 501 437 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 360 373 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 19 905 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 5 129 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 101 237 nafar.
Samarqand viloyati — 99 418 nafar.
Toshkent viloyati — 85 565 nafar.
Farg‘ona viloyati — 81 411 nafar.
Surxondaryo viloyati — 75 042 nafar.
Andijon viloyati — 59 470 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 56 917 nafar.
Namangan viloyati — 55 634 nafar.
Toshkent shahri — 51 801 nafar.
Jizzax viloyati — 51 499 nafar.
Buxoro viloyati — 51 380 nafar.
Xorazm viloyati — 46 941 nafar.
Navoiy viloyati — 38 888 nafar.
Sirdaryo viloyati — 31 641 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.1K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-07-19 16:24:36 DTM-2022 imtihonlarda tushishi mumkin boʻlgan namunaviy original testlar eʼlon qilindi!

2022 yil uchun DTM eʼlon qilgan namunaviy test savollarini mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin:

Matematika
Oʻzbekcha
Ruscha

Fizika
Oʻzbekcha
Ruscha

Biologiya
Oʻzbekcha
Ruscha

Kimyo
Oʻzbekcha
Ruscha

Tarix
Oʻzbekcha
Ruscha

Geografiya
Oʻzbekcha
Ruscha

Ona tili va adabiyot
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili

Doʻstlar, testlarni maksimal darajada “Forward” qiling! Koʻrmaganlar hammasi koʻrsin. Keyin majburiy fanlarning namunaviy testlarini ham joylaymiz!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.5K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-07-19 09:47:08 #Qabul2022 #Kvota2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.7K views06:47
Ochish/sharhlash