Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-07-04 10:24:56
"Perevod" uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
54.6K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:49:39
Stipendiyalar miqdori – 2023

Koʻpchilik abituriyentlar va xattoki koʻplab talabalar uchun xam foydali maʼlumot.

3-4 baxochilarga - 517.880 soʻm
5 baxochilarga - 621.456 soʻm
Nogironlarga - 776.820 soʻm
Doktorantura - 6.320.400 soʻm
Tayanch doktorantura - 4.946.840 soʻm
Stajyor tadqiqotchi - 4.379.200 soʻm.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.4K views15:49
Ochish/sharhlash
2023-07-02 15:31:27
Oltin, kumush medalli bitiruvchilarga o‘qishga kirishda imtiyoz bormi?

Medallilar uchun OTMga kirishda hech qanday imtiyoz yo‘q. Maktab bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallar maktablarning barcha baholari a’lo bo‘lgan, yaxshi xulq-atvorli va jamaot ishlarida faol o‘quvchilariga berilsa ham, medallar o‘qishga kirishda ball qo‘shib bermaydi.

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyoz bor. Ular orasida medallilar tilga olinmagan.

Oltin va kumush medallar bitiruvchilarga har yili maktabni tugatayotgan paytlari tantanali topshiriladi. Maqsad — bitiruvchilarni rag‘batlantirish.

Lekin medallar uchun imtiyoz shartmas-a? Siz nima deb o‘ylaysiz?

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
29.0K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-07-01 07:30:53 ​​ Qabul-2023 jarayonlari boʻyicha eʼlon qilingan baʼzi yangiliklar!

Imtihonlar endi stadionlarda emas, sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi;

Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi;

Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va Face-Control (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi;

Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha (24 soatda) natija shaxsiy kabinetga yuboriladi;

Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
30.7K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-07-01 04:14:23
#Qabul_2023
#Magistratura

Magistraturaga qabul boshlanmoqda

2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Sertifikatlar ro‘yxati

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
30.2K views01:14
Ochish/sharhlash
2023-06-30 12:33:14
Rasman: Oʻzbekiston bosqichma-bosqich sirtqi taʼlimdan voz kechadi!

Oliy taʼlim vazirligi masʼuli Abduvali Xoliqovga koʻra, sirtqi taʼlim shakli hozir oʻzini oqlamayapti. Bu taʼlim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga oʻtkaziladi.

“Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor boʻlish kerak. Internet yaxshi boʻlishi kerak. Aynan qachon masofaviyga oʻtilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin toʻla sirtqi taʼlimdan voz kecharmiz”, dedi u.

Abituriyentlarga yuboring!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
32.1K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-06-29 19:44:58
Milliy sertifikat ballidan norozi abituriyent apellyatsiyaga bera oladimi?

Ha, milliy sertifikat imtihoni natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor javoblar chiqqandan keyin 5 ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya bera oladi.

Apellyatsiyaga qanday beriladi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy sahifasida bog‘lanish uchun manzillar va tashkilot manzili ko‘rsatilgan. Shu manzillar orqali murojaat qilish imkoni bor.

Uning arizasi 2 hafta ichida ko‘rib chiqiladi va 2 xil qaror qabul qilinishi mumkin:
test natijasi o‘zgarmaydi;
test natijasi o‘zgaradi.

Agar talabgorning dalillari asosli bo‘lsa, uning apellyatsiyasi qanoatlantiriladi. Dalili asosli bo‘lmasa, natijalari o‘zgartirilmaydi.

Talabgor bir apellyatsiyadan keyin yana qayta apellyatsiya bera olmaydi. Norozi bo‘lsa, sudga murojaat qilish huquqi bor.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
30.3K views16:44
Ochish/sharhlash
2023-06-29 17:20:47
Milliy sertifikatni majburiy fan uchun ishlatib, mutaxassislik fanidan test ishlasa bo‘ladimi?

Ha, agar sertifikat balli pastroq bo‘lsa, (masalan, 71 foiz) abituriyent mutaxassislik fanidan kirish imtihonida test ishlashi mumkin. Buni o'zi tanlaydi. Shunda ham uning sertifikati majburiy blokdagi fan uchun maksimal ball beradi.

Lekin agar abituriyent hujjat topshirayotganda sertifikatdan foydalanishni tanlasa, unda mutaxassislik fanidan sertifikatga mos ball oladi va shu fandan imtihondan ozod qilinadi.

Milliy sertifikatdan foydalanganda abituriyentdan imtihonga ajratiladigan tegishli vaqt chegirib qolinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
29.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-06-29 12:46:00
Rasman: Imtihonda qatnashish toʻlovini 20-iyulgacha istalgan vaqtda toʻlash mumkin !

Test sinovi uchun toʻlovni onlayn roʻyxatdan oʻtgandan soʻng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

Abituriyentlar toʻlovni roʻyxatga olish yakunlanganga qadar elektron toʻlov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Izoh: roʻyxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yoʻnalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

Qabulga oid yangiliklar:
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
50.4K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-06-28 19:21:04
Iqtisod yo‘nalishida qaysi OTMda o‘qish balli qancha?

Deyarli hamma viloyatda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish imkoni bor.

Bu yo‘nalishga 2022-yilda eng past o‘tish balli Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 57,1 ball bo‘lgan.

Eng baland ball esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida 159,4 ball bo‘lgan.

Eslatma: bu yo‘nalishga matematika va chet tilidan imtihon olinadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishiga topshirishni niyat qilgan tanishlaringizga xabarni yuborib qo‘ying.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
34.0K views16:21
Ochish/sharhlash