Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyentga_qulaylik 2023/2024 oʻquv yili bakalavriat qab | Davlat test markazi

#abituriyentga_qulaylik

2023/2024 oʻquv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

2023/2024 oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi