Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿 D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
Reklama👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFU34pj__ttAuYXAZA

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2021-04-20 08:42:07 ​​ Samarqand viloyatining Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning bir qancha sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyat oliy taʼlim tizimida ham muhim o‘zgarishlar bo‘lishini maʼlum qildi.

Jumladan, davlat rahbari topshirig‘iga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining “Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlari ochiladi.

Kecha, 17 aprel kuni masʼul rahbarlar joylarga borishdi va taʼlim sifati, o‘quv binosini taʼmirlash, talabalarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab olishdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
11.4K views05:42
Ochish/sharhlash
2021-04-19 11:34:24 ​​ @ABITURIYENT SAVOLLARIGA JAVOB BERAMIZ.

QABUL–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti? Eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

Bu yilgi testlarda savollar oʻtgan yilgidek oson boʻlmaydi!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5666

Andijonda "COLLEGIUM HUMANUM" Varshava menejment Universitetining filiali tashkil etish!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5661

Kirish imtihonlarida javoblar varaqasi bilan ishlashni bilasizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5655

2020-2021 oʻquv yilidagi oʻtish ballari bilishni xohlaysizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5652

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etiladi!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5650

Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5626

Oʻqishni koʻchirish haqida qisqacha maʼlumot!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5616

Qirgʻizistonning qaysi oliygohlaridan oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish mumkin?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5584

Milliy test tizimi bo'yicha savollarga javoblar.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5568

16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilari oʻz vaqtida ID karta olishlari lozim.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5564

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5572

5ta fandan test boʻlishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli.
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5580

Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5499

Prezidentning PF-61 55 sonli farmoni 200 ta grant qanday beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5520

Kontraktga eng past o'tish ballari qancha?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5522

Qanday holda imtiyozli ta'lim krediti beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5524

Kimlarni imtihon harajatlari qoplab beriladi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5530

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
11.8K views08:34
Ochish/sharhlash
2021-04-14 18:01:24 Matematika fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 13-aprel kuni milliy sertifikatlash tizimi uchun boshlangan test sinovlari 14-aprel kuni davom ettirildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etildi.

Unda 2020-yil 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan 700 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, talabgorlarning matematika fanini bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.

Test natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq yigirma ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Davlat test markazi barcha test topshiruvchilarga muvaffaqiyat tilaydi!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
9.2K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2021-04-14 18:01:16 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlash tizimi bo‘yicha dastlabki imtihonlar o‘tkazildi

2021-yil 13-14-aprel kunlari umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi bo‘yicha dastlabki imtihonlar o‘tkazildi:





Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
8.6K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2021-04-13 17:01:35 ​​Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha ochiq muloqot

2021-yil 16-aprel kuni soat 15:00 da Davlat test markazining “Facebook”dagi rasmiy sahifasi orqali chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkaziladi. Unda:

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari;
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari;
“O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Savollarga Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

Ochiq muloqot uchun havola: https://www.facebook.com/dtmuzb

Ochiq muloqot vaqti: 2021-yil 16-aprel soat 15:00.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
8.7K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2021-04-06 16:26:32 ​​ Abituriyentlar uchun yangi yoʻnalishlar ochilmoqda!

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida yangi tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlar bilan tanishing:

~ Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis.
~ Amaliy filologiya.
~ Dori vositalarilarini stanlartlashtirish, sertifikatsiya va menejment.
~ Intelektual boshkaruv tizimlari va robotatexnika.
~ Klinik psixologiya.
~ Kompyuter grafikasi va muhandislik animatsiyasi.
~ Kompyuter lingvistikasi.
~ Qishloq xoʻjaligi huquqi.
~ Qishloq xoʻjaligida kooperativ boshqaruv.
~ Qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar.
~ Qoʻgʻirchoklar ishlab chiqarish texnologiyasi.
~ Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari).
~ Ommaviy tadbirlarni olib borish.
~ Organik qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash.
~ Patentshunoslik.
~ Sunʼiy intellekt va ekspert tizimlar.
~ Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish.
~ Uzumchilik va vinochilik.
~ Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini.
~ Farmatsevtik biotexnologiya.
~ Folklorshunoslik va shevashunoslik.
~ Elektron kutubxona va arxivlar.
~ Elektronika va kommunikatsiya injiniringi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.1K views13:26
Ochish/sharhlash
2021-04-04 08:41:11 ​​ Qoraqalpog'iston Respublikasida kerakli oliy ta'limni tanlang hamda kunduzgi, sirtqi va tillar kesimida ta'lim shakllariga o‘tish ballari bilan tanishib chiqing.

Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan oliy taʼlim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishib chiqing.

P.s: Ballarni ko‘rish uchun avval @abituriyentfayl kanaliga azo bolasangiz tanlagan oliygohingiz haqida malumotga ega bolasiz!
@abituriyentfayl kanaliga azo bolmasangiz ballar sizga ko‘rinmaydi!

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

- Qoraqalpoq davlat universiteti
Batafsil ma'lumot

- Nukus davlat pedagogika instituti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

- Navoiy konchilik instituti Nukus filiali
Batafsil ma'lumot

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.1K views05:41
Ochish/sharhlash
2021-04-03 08:41:15 ​​ Toshkent shahridagi kerakli oliy ta'limni tanlang hamda kunduzgi, sirtqi va tillar kesimida ta'lim shakllariga o‘tish ballari bilan tanishib chiqing.

Toshkent shahridagi joylashgan oliy taʼlim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishib chiqing.


- Toshkent davlat yuridik universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent moliya instituti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston milliy universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat texnika universiteti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Batafsil ma'lumot

- Milliy rassomlik va dizayn instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Batafsil ma'lumot

- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat pedagogika universiteti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent tibbiyot akademiyasi
Batafsil ma'lumot

- Toshkent davlat stomatologiya instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent farmatsevtika instituti
Batafsil ma'lumot

- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Batafsil ma'lumot

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Batafsil ma'lumot

- O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Batafsil ma'lumot

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali
Batafsil ma'lumot


Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.4K views05:41
Ochish/sharhlash
2021-04-01 16:28:00 Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga!

Bugun, 2021-yil 1-apreldan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va joriy yilning 30-aprel kuniga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat my.dtm.uz saytining “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limida joylashgan.

Eslatma: oxirgi 3-5 yilda malaka oshirish kursidan (144 soatlik) o‘tmagan o‘qituvchilarga test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ham oylik maoshiga ustama haq belgilanmaydi. Shuning uchun, malaka oshirish kursidan o‘tmagan o‘qituvchilarga test sinovida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirmaslikni tavsiya etamiz.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.0K views13:28
Ochish/sharhlash
2021-04-01 09:36:13 Aprel oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-aprel kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 9-aprel kuniga qadar (9-aprel kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari 2021-yilning 1-yarim yilligi uchun so‘nggisi bo‘lib, mazkur imtihonlar 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng davom ettiriladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
11.7K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash