Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿 D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
Reklama👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFU34pj__ttAuYXAZA

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2021-07-11 11:44:33
Matematika fani bo‘yicha test natijalari

2021-yil 9-iyun kuni matematika fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida jami 898 nafar talabgor ishtirok etgan. Test natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha:

485 nafar (54 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

40 nafar (4,5 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@dtmuz
14.7K views08:44
Ochish/sharhlash
2021-07-10 08:40:05
2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari qabul jarayonlariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida qabul qilish jarayoni uchun video yoʻriqnoma !

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/R-Obj3wGhHpzacJv
15.1K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-07-09 18:27:57 ​​Human.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan rasmiy bayonot

2020-yildan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ma’lum toifadagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berila boshlangan bo‘lib, 2020-yilda mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun jami 940 ta qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan va tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 100 ta qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Qayd etish kerakki, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qayerda joylashgan O‘zbekiston Respublikasining davlat oliy ta’lim muassasasiga topshirishidan qat’iy nazar uning imtiyozi o‘rinli hisoblanadi va uning doimiy yashash hududi uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Nozima Toshpo‘latova 2020-yil 10-sentabr kuni test sinovida ishtirok etib, test sinovida 151,2 ball to‘plagan va Davlat test markazi tomonidan uning mazkur imtiyoz bo‘yicha Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtiroki ta’minlangan.

Bunda test sinovi natijalariga ko‘ra xotin-qizlarga Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida o‘tish bali 151,6 ni tashkil etgan.
Yuqoridagilarga kelib chiqqan holda Nozima Toshpo‘latova xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyati uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida yetarli ball to‘play olmaganligi sababli talabalikka tavsiya etilmagan.

Bu bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasiga hamda Nishonboy Usmonovga tegishli javob xati yuborilgan (quyida ilova qilinadi).

Shu narsani alohida ta’kidlamoqchimizki, Davlat test markazi ijrochi tashkilot bo‘lib, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida abituriyentlarga imtiyozlarni qo‘llaydi. Qonunchilikda ko‘rsatilmagan holatlarda esa hech kimga hech qanday qo‘shimcha imtiyoz berish vakolatiga ega emas.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@dtmuz
15.1K views15:27
Ochish/sharhlash
2021-07-08 13:07:42 ​​ @ABITURIYENT SAVOLLARIGA JAVOB BERAMIZ.

QABUL–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti? Eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

Bu yilgi javob varaqasi bilan tanishib chiqing!
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5900

Harbiy OTMlarga topshirganlar ham 5 gacha noharbiy yoʻnalishlarni tanlashlari mumkin !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5892?single

Kimyo va Biologiya fanlarini oʻqiyotgan abituriyent uchun tanlov imkoniyati yanada oshmoqda !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5889

JSHSHIR (PINFL) uni qanday aniqlash mumkin !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5887

Tillar kesimida qabul parametrlari tasdiqlandi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5888

Koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga kontrakt toʻlovida 10 % chegirma beriladi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5878

Abituriyetlar Hujjatlarni topshirgan kunning oʻzidayoq toʻlovni amalga oshirishi kerakmi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5805

Bu yilgi test imtixonlariga kirish uchun qancha miqdorda toʻlov qilish kerak ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5807

OTMlarga oʻqishga kirishda ayrim abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5810

2020-2021 oʻquv yilida oʻtish ballari bilishni xohlaysizmi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5817

Notoʻgʻri tuzilgan savol tushib qolganda qanday yoʻl tutish kerak ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5822

2021-2022 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi !
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5825

Endi davlat granti tanlash imkoniyati ham beriladi bu qanday boʻladi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5840

Xorijdan oʻqishni koʻchirishda hammadan imtihon olinadimi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5842

Kimlar test sinovlari uchun toʻlovlarni amalga oshirmaydi ?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5807

Kirish imtihonlarida javoblar varaqasi bilan ishlashni bilasizmi?
https://t.me/Abituriyent_DTMuzb_DTM_uz/5655

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
12.6K views10:07
Ochish/sharhlash
2021-07-06 11:03:45 Magistraturaga qabul boshlandi!

2021 yil 5 iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

2021/2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangantartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil maʼlumot https://t.me/joinchat/R-Obj3wGhHpzacJv
12.0K views08:03
Ochish/sharhlash
2021-07-05 18:02:04
13.5K views15:02
Ochish/sharhlash
2021-07-05 18:02:04
10.8K views15:02
Ochish/sharhlash
2021-05-16 10:05:18 ​​Hamma abituriyentlar bilishi shart!

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

Majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi.

Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

Majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
15.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2021-05-16 08:21:05
2021-yil 19-may kuni Toshkent shahridagi oʻtkaziladigan ayollar uchun 5 oylik mavsumiy ishlash (Ye-8 vizasi) boʻyicha suhbatga tayyorlaymiz.

TALABLAR:

Sogʻlom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan boʻlishi;

Sudlanmagan boʻlishi;

Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq boʻlmasligi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi mavjud boʻlmagan va xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi lozim.

Bogʻlanish uchun telefonlar:
970026606 970036606
977346606 977386606
977396606
Samarqand filial:
970046606 970056606

Admin: @konkurentconsulting

Kanal: https://t.me/konkurentconsult
Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani Farhod bozori 2-blok, 2-qavat.
14.9K views05:21
Ochish/sharhlash
2021-05-11 06:18:17 Test topshiriqlari qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazilmoqda

Davlat test markazi tomonidan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Jumladan, 2021-yil 3-may kuni test topshiriqlarini qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazish ishlari boshlandi.

Oldingi yillarda test topshiriqlarini ekspertizadan o‘tkazish faqatgina Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilda qo‘shimcha tarzda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi hamkorligida ham amalga oshirilmoqda.

Buning uchun Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan respublikamizning yetakchi pedagoglaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi va ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida foydalaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarining sifati yana bir bor qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Test topshiriqlarini qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazish ishlari may oyi yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
10.3K viewsedited  03:18
Ochish/sharhlash