Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿 D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
Reklama👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFU34pj__ttAuYXAZA

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2021-07-29 15:21:07
JDU va Jahon tillari universitetlarining 2 ta diplomi sohibi bo'lishni xohlaysizmi?

Unda sizni xursand qilishga shoshilamiz, 2-avgustga qadar siz hali ham Japan Digital Universitiga - O'zbekistondagi birinchi IT-universitetiga hujjatlarni topshirishga ulgurishingiz mumkin.

Ushbu universitetini tamomlagach siz dasturchi, QA-sinovchisi, PHP-dasturchi kabi kasblar bo'yicha mutaxassis bo'lasiz. Shuningdek, universitetning afzalliklari - Yaponiyaning nufuzli IT-kompaniyalaridan birida ish bilan ta'minlanish va pullik onlayn amaliyotdan iborat.

Kirish imtihonlari "imtihon platformasida" bo'lib o'tadi va quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Motivatsiya xatini yozish
2. "Elementary Japanese" o'quv videosi asosida yapon tili testi
3. Matematikadan test

Universitet talabalar uchun 3 xil kvota ajratadi:
• 10 talaba uchun grant
• 40 talabaga mo'ljallangan "A" kvotasi
• 100 talabaga mo'ljallangan "B" kvotasi

Havola yordamida ro'yxatdan o'ting
https://bit.ly/jdu_uz2

Ma'lumot uchun murojaat qiling:
+ 998 71 200 05 95
13.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2021-07-26 08:40:09
OTMlar tomonidan Magistraturaga kirish uchun yuborilgan arizalar tasdiqlanishni boshladi !

Arizalar qabul qilish magistr.edu.uz orqali amalga oshirilmoqda.

Arizalarni qabul qilish oxirgi muddati 30-iyul kuni etib belgilangan.


Oxirgi kunga qoldirmang, sababi oxirgi kuni bu platforma ham ishlamay qolishi mumkin.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
18.1K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-07-20 09:53:41
Muqaddas Qurbon Hayiti bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

Ushbu muborak kun o‘zida katta ma'noni mujassam etib, bizlarga mehr-shafqatli, saxiy bo‘lishni, har bir ishda va fikrlarimizda poklikka amal qilishni o‘rgatadi. Mazkur ayyom kayfiyatini samimiy his qilishni va hayotingizda barcha ezgu narsalar - so‘nmas umid, mehr-oqibat, sog‘liq va farovonlik ortishini tilab qolamiz!
——————————
Поздравляем вас со священным праздником Курбан хайит!

Этот светлый день несет в себе большой смысл, учит нас доброте, великодушию, соблюдению чистоты поступков и помыслов. Желаем вам проникнуться его настроением и умножить в своей жизни все хорошее - неугасающую надежду, любовь, здоровье и благополучие!

@dtmuz
16.9K views06:53
Ochish/sharhlash
2021-07-17 05:38:31
Расман! Кириш имтиҳонлари карантин сабаб сентябр ойига қолдириладиган бўлди!

Республика махсус комиссияси қарорига кўра, очиқ ва ёпиқ ҳудудларда оммавий тадбирлар ўтказилишининг тўхтатилиши муносабати билан академик лицейларга дастлабки саралаш ҳамда асосий имтиҳонларни ўтказиш вақти маълум бир муддатга сурилди. Бу ҳақда олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар бермоқда.

Эпидемиологик вазиятдан келиб чиққан ҳолда академик лицейларга саралаш имтиҳонларининг ўтказилиши жорий йил сентябрь ойининг биринчи яримида режалаштирилмоқда.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
16.2K views02:38
Ochish/sharhlash
2021-07-15 10:05:50 Soʻnggi 24 soatda 64 ming abituriyent roʻyxatdan oʻtdi!

14-iyul 18:00 holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 400 818 nafar.

Taʼlim shakli boʻyicha:

Kunduzgi taʼlim shakli – 235 882 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli – 153 430 nafar;
Kechki taʼlim shakli – 11 506 nafar.

Tillar kesimida:

Oʻzbek tili – 341 103 nafar;
Rus tili – 47 674 nafar;
Qoraqalpoq tili – 10 381 nafar;
Boshqa tillar – 1 660 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:

Oʻzbekiston milliy universiteti – 13 823 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 13 560 nafar;
Namangan davlat universiteti – 12 922 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti – 12 723 nafar;
Urganch davlat universiteti – 12 030 nafar.

Oliygohlar kesimida koʻrish uchun fayl bilan batafsil tanishib chiqing

Barcha abituriyentlarga ulashing!
14.4K views07:05
Ochish/sharhlash
2021-07-14 15:10:13
#Rasman

Ajoyib yangilik! Abituriyentlar uchun maxsus “SIZ TALABASIZ” qo‘llanmasi ishlab chiqildi!

Ushbu qo'llanma orqali siz:

— Abituriyentlar yo'l qo'yadigan 7 ta xato;
— Imtixon vaqtida konsentratsiya (diqqat)ni ushlab turish;
— Imtixonga o’zini psixologik tayyorlash, qo’rquv va boshqa muammolarni yechish;
— Test bilan ishlash. Notanish savolga ham mantiqan javob topish;
— Imtixonda test ishlashda vaqtni to’g’ri taqsimlay olish.

Kabi ko‘plab savollaringizga 20 sahifali kitobdan javob olasiz! Qo‘llanma soni chegaralangan, ulgurib qoling!

Kitob narxi: 30 ming sum

Sotib olish @Abitur_books
Tel: 943934243

Ushbu qo‘llanma bilan talaba bo‘ling! Bu imkoniyatdan foydalanmay keyin afsuslanib yurmang)
13.8K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-07-13 21:17:58 #Statistika

Qabul rekordi yangilandi: Oxirgi 24 soatda salkam 60 ming abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

13-iyul 18:00 holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 337 004 nafar.

Taʼlim shakli boʻyicha:

Kunduzgi taʼlim shakli – 201 060 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli – 126 527 nafar;
Kechki taʼlim shakli – 9 417 nafar.

Tillar kesimida:

Oʻzbek tili – 286 322 nafar;
Rus tili – 40 836 nafar;
Qoraqalpoq tili – 8 341 nafar;
Boshqa tillar – 1 505 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:

Oʻzbekiston milliy universiteti – 11 663 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 11 598 nafar;
Namangan davlat universiteti – 10 860 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti – 10 576 nafar;
Urganch davlat universiteti – 10 014 nafar.

Oliygohlar kesimida koʻrish uchun fayl bilan batafsil tanishib chiqing

Barcha abituriyentlarga ulashing!
16.2K views18:17
Ochish/sharhlash
2021-07-13 14:12:27
Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha test natijalari

2021-yil 10-iyun kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida jami 1 572 nafar talabgor ishtirok etgan. Test natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha:

1 081 nafar (68,8 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

28 nafar (1,8 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@dtmuz
14.3K views11:12
Ochish/sharhlash
2021-07-12 12:24:26 Davlat personallashtirish markazida texnik ishlar olib borilmoqda

Davlat test markazining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, abituriyentlarning pasport ma’lumotlarni Davlat personallashtirish markazidan olinadi.

Buning uchun abituriyent ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini dasturga kiritganda, mazkur ma’lumotlar asosida Davlat personallashtirish markaziga so‘rov yuborilib, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, rasmi kabi ma’lumotlar Davlat personallashtirish markazining bazasidan real vaqtda olinadi.

Hozirda Davlat personallashtirish markazi bazasi ishlamayotganligi sababli, my.dtm.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Ayni vaqtda Davlat personallashtirish markazi tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.0K views09:24
Ochish/sharhlash
2021-07-12 07:26:01 Ona tili va adabiyot fanidan test natijalari e’lon qilindi

2021-yil 10-iyun kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Biologiya fani bo‘yicha esa test natijalarini hisoblash ishlari davom etmoqda. Mazkur jarayon yakunlanishi bilan biologiya fani bo‘yicha natijalar ham e’lon qilinadi.

Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan nsfla.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 ish kuni mobaynida apellatsiya arizalarini berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.9K views04:26
Ochish/sharhlash