Get Mystery Box with random crypto!

Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun, 2021-yil 1-apr | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga!

Bugun, 2021-yil 1-apreldan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va joriy yilning 30-aprel kuniga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat my.dtm.uz saytining “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limida joylashgan.

Eslatma: oxirgi 3-5 yilda malaka oshirish kursidan (144 soatlik) o‘tmagan o‘qituvchilarga test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ham oylik maoshiga ustama haq belgilanmaydi. Shuning uchun, malaka oshirish kursidan o‘tmagan o‘qituvchilarga test sinovida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirmaslikni tavsiya etamiz.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw