Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

​​Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha ochiq muloqot

2021-yil 16-aprel kuni soat 15:00 da Davlat test markazining “Facebook”dagi rasmiy sahifasi orqali chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkaziladi. Unda:

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari;
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari;
“O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Savollarga Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

Ochiq muloqot uchun havola: https://www.facebook.com/dtmuzb

Ochiq muloqot vaqti: 2021-yil 16-aprel soat 15:00.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw