Get Mystery Box with random crypto!

Aprel oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi 2021-yil 1 | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Aprel oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-aprel kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 9-aprel kuniga qadar (9-aprel kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari 2021-yilning 1-yarim yilligi uchun so‘nggisi bo‘lib, mazkur imtihonlar 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng davom ettiriladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw