Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿 D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
Reklama👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFU34pj__ttAuYXAZA

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2021-09-08 11:37:28 Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi !

2021/22-o‘quv yilida O‘zbekistondagi texnikumlarga jami 103 098 nafar yoshlar qabul qilinadi. Kvotalar ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

69648 kvota – kunduzgi
22871 kvota – sirtqi
7993 kvota – kechki
2586 kvota – dual

Sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida grant yo‘q. Kunduzgi shaklga 13 666 kishi davlat granti asosida, 55 982 kishi kontrakt asosida qabul qilinadi.

Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
13.2K views08:37
Ochish/sharhlash
2021-09-07 13:47:53 Tibbiyot oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda necha nafar talaba oʻtish balini toʻplay olgani maʼlum qilindi

Joriy yil DTMning transfer.dtm.uz sayti orqali xorijdan yoki Oʻzbekistondagi nodavlat OTMlardan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliygohlariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha 6 ming 372 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Test natijalariga koʻra:

100,0 ball va undan yuqori ball toʻplagan talabalar 545 nafarni (8,5%);
99,9-56,7 ball toʻplaganlar 2 853 nafarni (44,7%), 56,6 va undan past ball toʻplaganlar esa 2 764 nafarni (43,3%) tashkil etdi.
Ariza topshirganlarning 210 nafari esa turli sabablarga koʻra sinovlarda ishtirok etmadi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
13.7K views10:47
Ochish/sharhlash
2021-09-07 11:52:16 Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida tasdiqlanadi !

2020-yilda super kontrakt narxi kunduzgi taʼlimda 8,6 mln soʻmdan 279,4 mln soʻmgacha edi. Abituriyent toʻplagan ball qancha past boʻlsa, yoʻnalish qanchalik nufuzli boʻlsa, super kontrakt narxi ham koʻtarilib boraveradi.

Abituriyentlar super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda OTMlarga borishlari shart emas. 

Chunki :
Birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar.
Keyin oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi.
Keyin tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida oʻqimoqchi boʻlganlar oʻzlari hujjat topshirgan OTMlariga murojaat qilishlari mumkin


Oʻqishni koʻchirishda yetarli ball toʻplay olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentyabrdan keyin boshlanadi.

Kunuz

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
14.8K views08:52
Ochish/sharhlash
2021-09-06 15:27:29 Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 15-sentabrlardan keyin OTMga kelishlari mumkin !

Xorijiy OTMdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirganlar o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsa, super-kontrakt bilan o‘qishi mumkin. Faqat OTMlar hozircha boshqa talabalar bilan ishlayapti. Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 15-sentabrlardan keyin OTMga borsa bo‘ladi, dedi OO'MTV bosh boshqarma boshlig'i Abduvali Xoliqov.

Mahalliy OTMlararo o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar javoblar to‘la aniq bo‘lmaguncha o‘zi ta’lim olayotgan joyga darsga borib turishi kerak. Javoblar bugun, 6-sentabr kuni soat 16:00dan chiqishni boshlashi kerak
.

Agar talaba O‘zbekistondagi bitta
OTMdan boshqasiga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa va u tanlagan yo‘nalishlar bir-biridan farq qilsa, u tabaqalashtirilgan-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishi mumkin. Yo‘nalish bir xil va keltirilgan sabab asosli bo‘lsa, talabaning o‘qishi odatiy kontrakt asosida ko‘chiriladi


Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
13.3K views12:27
Ochish/sharhlash
2021-09-06 09:41:40 ​​ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari

2021-2022-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
7.1K views06:41
Ochish/sharhlash
2021-09-05 10:08:06
#Qabul_2021
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA


QOZOG'ISTON, QIRG'IZISTON VA TOJIKISTONNING NUFUZLI UNIVERSITETLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!

Education Network kompaniyasi orqali talabaga aylaning!

Tibbiyot va qolgan barcha fakultetlar mavjud.
Kontrakt narxlari: yillik $500 dan $2500 gacha.
Diplom barcha MDH davlatlarida o'tadi.
Qabul: Kirish imtihonlarisiz.
Bir yildan so'ng O'zbekistonga o'qishni ko'chirishingiz mumkun.

Murojaat uchun:
Bosh ofis:
+998712001916 | @dilorom_eduuz
Samarqand:
+998662300016 | @parvina_eduuz
Qashqadaryo:
+998712006004 | @maftuna_eduuz
Surxondaryo:
+998712001619 | @jahongir_eduuz
Qoraqalpog'iston:
+998973571916 | @shaxnoz_eduuz

Telegram kanalimiz: @edu_net
7.3K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-09-05 08:55:14 1-kurslar uchun OTMlarda 6-sentabrdan tanishuv haftaligi boshlanadi !

Dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
6.4K views05:55
Ochish/sharhlash
2021-09-05 08:10:04
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Talaba bo'lish vaqti keldi!


Chet davlatdagi universitetlariga qanday qilib hujjat topshirishni bilmayapsizmi?

Unda biz sizga yordam beramiz

Bir yil chet davlatlarda o’qib, ikkinchi kursdan o’qishingizni O’zbekistonga istalgan universitetiga( yo’nalish bo’yicha) ko’chirish imkoniyatlari bor.

Qozog'iston, Qirg'iziston, Polsha,(tibbiyot sohasida) va boshqa ko’pgina nufuzli davlat universitetlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda (kunduzgi va masofaviy)

Tibbiyot fakultetlari va boshqa 100 dan ortiq yo'nalishlar mavjud.

Batafsil ma'lumot uchun:
Toshkent:

998846769 / @Yftf_studyabroad_2
994446769 / @Yftf_studyabroad_4
998006769 / @Yftf_studyabroad_3
994850017 / @Yftf_studyabroad_1

Samarqand:
932571020 / @Yftf_samarqand_1
337706769 / @Yftf_samarqand_2
338806769 / @Yftf_samarqand_3

Andijon:
939475558 / @Yftf_andijon_2
939465558 / @Yftf_andijon_1
994850017 / @Yftf_studyabroad_1

Telegram | Instagram | Manzil
6.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-09-05 06:23:20 ​​Test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.4K views03:23
Ochish/sharhlash
2021-09-04 18:52:51 Abituriyentlikdan talaba boʻlganlarni qanday yangiliklar kutmoqda ?

Bu yil davlat OTMlariga 948,2 ming abituriyent hujjat topshirdi, ajratilgan kvota esa 157,7 ming edi. 1 oʻrin uchun oʻrtacha 6 nafar abituriyent kurash olib bordi. Va nihoyat, talaba boʻlganlar natijalarini bilib olyapti.

OTMlarda oʻqish 6-sentyabrdan boshlanadi. Eng yuqori ball toʻplagan 233 abituriyent prezident grantini oladi. Talabalarga ijara pulining 50 foizi toʻlab beriladi.

Bundan tashqari, vaksina olgan abituriyentlarga yillik kontrakt pulidan 10 foiz chegirma ham beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
8.3K views15:52
Ochish/sharhlash