Get Mystery Box with random crypto!

Matematika fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun test sinovlar | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Matematika fani bo‘yicha milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 13-aprel kuni milliy sertifikatlash tizimi uchun boshlangan test sinovlari 14-aprel kuni davom ettirildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etildi.

Unda 2020-yil 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan 700 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, talabgorlarning matematika fanini bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.

Test natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq yigirma ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Davlat test markazi barcha test topshiruvchilarga muvaffaqiyat tilaydi!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw