Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha | Milliy sertifikat

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

O‘quv kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 15-22-oktabr kunlari Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga baholash mezonlari va test sinoviga oid ma’lumotlar beriladi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

O‘quv kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 14-oktabr kuniga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

O‘quv kursida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (300 000 so‘m) ni amalga oshirgan 30 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube