Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.38K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-19 02:25:39 Odamlarning najoti internet bo‘lib qoldi.

Meni bir narsa o‘ylantiryapti. 18 aprelda jinoiy ish ochilibdi, voqea esa 14 aprelda bo‘lgan ekan. Bosh prokuratura yaxshiyam insof qilib voqea qachon bo‘lganiniyu, ish esa qachon ochilganini aytib o‘tib ketibdi. Nahot shu kungacha u o‘qituvchilarning o‘zlari yoki oila aʼzolari uchastka noziriga yoki boshqa tegishli masʼullarga arz qilmagan?

Men ishonmayman bunga, arz qilgan deb o‘ylayman. Lekin balki anavi mushtumzo‘rning kuchi yoki “iltimosi” bilan bu ish ochilmay qolgan va yoki keyinchalik ham ochilmaydigan bo‘lgandirki, voqea aks etgan videoni oxirgi najot sifatida internetga joylashmoqda. Shundan so‘nggina mushtumzo‘r qo‘lga olindi, jinoyat ishi ochildi, ish nazoratiga olindi.

Savol tug‘iladi-da, agarda video internetga chiqarilmaganda nima bo‘lardi? Shunday jirkanch ish jazosiz qolib ketardimi? Voqea yaxshiyam kameraga tushib qolgan, tasavvur qilyapsizmi endi, agar shu vaziyatda, 4 kundan buyon bosdi-bosdi qilinib turgan ishda mana shunday kuchli dalil bo‘lmaganda nima bo‘lardi? Bu haqda o‘ylashga ham qo‘rqasan kishi.

Agar qonunlar belgilangan tartibda ishlaganida, mushtumzo‘rga tegishli jazo berilib, jabrdiydalar himoya qilinganda edi, video internetga chiqishigayam, jamoatchilikning junbushga kelishigayam hojat qolmasdi.

Xullas, tergov jarayonida mahalla uchastkavoyidan tortib barcha masʼullarning harakati (harakatsizligi) tekshirilishi kerak. Ular adolatli bo‘lishmas, xalqning ichiga kirib ishlamas ekan, odamlarning oxirgi najoti yana internet bo‘lib qolaveradi!
6.7K viewsedited  23:25
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:59:24 Surxondaryo viloyatida o‘qituvchini urgan videoni qo‘ygani yuragim chidamadi. Menga alam qiladigani anuv "erkak" direktorga o‘xshaydi, qand yeyaptimi tomoshabin?
Shunchalar vaxshiyni uzoq yillar qamoqdan chiqarmaslik kerak deb o‘ylayman. Janjalga sabab nima bo‘lishidan qat'iy nazar bu jamiyat yuziga tupurgan odam deb hisoblayman!

@domlajon
11.5K viewsedited  11:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:08:57
Jahon shaxmat toji uchun ikki gigant shaxmatchilarning 14 turdan iborat kurashi. Yan Nepomnyashiy - Din Lijen o‘rtasidagi jang 7-turga keldi. Qozog'istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Qo‘shnilarimiz shundah katta musobaqaga mezbonlik qilyapti.

Bizda ham 2026-yilda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi kurashni o‘zbek tilida 7-tur bahsini jonli efirda kuzatishlaringiz mumkin:





@domlajon
10.8K views11:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 12:48:48 Yoshlar ishlari agentligining volontyorlik dasturlarida qatnashish yo‘l-yo‘riqlari haqida Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Elyor Norpo‘latov bilan o‘tkazilgan suhbat.

@domlajon
706 viewsedited  09:48
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:59:44 Volontyorlik haqida Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Elyor Norpo‘latov bilan suhbatga shu havoladan soat 14-00 da kirishingiz mumkin
2.3K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:26:05 Volontyorlik haqida Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Elyor Norpo‘latov bilan suhbatga shu havoladan soat 14-00 da kirishingiz mumkin
3.1K viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:57:58 Bolani yoshlikdanoq o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib, ruhiyatini majruh qiluvchi odatlar haqida yaxshi suhbat bo‘libdi.
@domlajon

https://kun.uz/01398336#!
4.8K views05:57
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:36:59
Бир куни Юрий Никулин эрта тонгда ишга кетаётган эди ва даҳшатли фожиага гувоҳ бўлди - пиёдалар ўтиш жойида ёш аёл ва унинг олти ёшли ўғлини машина уриб юборди. Она оламдан ўтди. Бола мўъжизавий тарзда зарар кўрмади. Шунчаки, тўқнашув чоғида унинг қўли онасининг кафтидан тортиб олинган.

Юрий Владимировичнинг биринчи қилган иши бола ўзининг майин, қонга ботган онасини кўрмаслиги учун костюмини ечиб, аёлнинг танасини у билан ёпди.
Тезда полиция етиб келди, воқеа жойини ўраб олди, тез ёрдам машинаси, ўт ўчирувчилар, томошабинларнинг катта оломони тўпланди. Уларнинг ҳаммаси ҳайратда ва ўкинчда қолишди ва нима бўлганини муҳокама қилишарди. Негадир шундай бўлдики, йўл четида ўтирган йиғлаётган болагина эътиборсиз қолди.

"Бу қандай содир бўлди?" - деб ўйлади Никулин, оломонни тарк этди (полиция таниқли актёрни кўриб, уни тўхтатмади, фақат саломлашди) ва боланинг ёнига ўтирди. Қўлидан келганича тасалли бериб, асалари тасвири туширилган қизил галстугини бериб, кейин уйига, бувисиникига ҳам таксида олиб кетди.

Шу куни Никулиннинг Япония делегацияси билан юқори даражадаги учрашуви бор эди. Юрий Владимирович табиийки кечикди. У деярли бир ярим соат кечикди ва ҳатто офисга костюмсиз (костюм протокол тадбирлари учун махсус чет элда сотиб олинган), галстуксиз, енглари тирсагигача шимарилган оқ кўйлакда кирди. Токио делегацияси раҳбари Ито Кобаяши ва унинг ҳамкасблари Никулиннинг ташқи кўриниши ва кечикишини ҳақорат, осиёлик меҳмонларнинг дипломатик протоколини бузиш, деб билишди ва циркни қўполлик билан тарк этишди.

Фақат беш йил ўтгач, Кобаяши циркнинг директори Никулиннинг кечикишининг ҳақиқий сабабини, яъни ўша ҳалокат содир бўлган булвардаги воқеани билиб қолди.
Шунда Кобаяши томонидан Никулин учун компанияга тегишли самолёт жўнатилиб, Япония пойтахтига таклиф қилинди. Юрий Владимирович таклиф қилинган кабинетда етмиш саккиз нафар япон костюмсиз, галстуксиз, оқ кўйлакда енглари тирсагигача шимарилган ҳолда эгилиб, таъзим қилишди.

Интернет

https://t.me/domlajon
@domlajon
6.3K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2023-04-18 06:08:39 Volontyorlik o‘zi nima, unga qanday imkoniyatlari mavjud?

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish bo‘yocha ko‘plab savollar chiqqani bois bugun mazkur masala bo‘yicha kanalimizda intervyu tashkillamoqdamiz.

Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Elyor Norpo‘latov bilan birga bugun soat 14-00 da mazkur masala bo‘yicha barcha savollarimizga javob olamiz.

Intervyu @domlajon kanalida 14-00 da boshlanadi.

Volontyorlikka qiziqqan barcha yosh darajasidagi kishilarni mazkur imkoniyatdan foydalanishlariga taklif qilamiz.

Barcha volontyorlikka qiziqqanlarga ushbu xabarni yetkazib qo‘yishingizini so‘rab qolamiz!

Intervyuga marhamat!

@domlajon
8.0K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 02:24:54
Endi siz Volontyorlar sifatida safimizga qo‘shilib 66 mln so‘mgacha qo‘llab-quvvatlash yordami olishingiz mumkin!!!

Endilikda Yoshlar ishlari agentligi yurtimizdagi volontyorlik guruhlar va tashkilotlarning tashabbusli loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 tadan eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun 66 mln so‘mgacha mablag‘ yo’naltiriladi.

Sizning ham volontyorlik yo‘nalishida loyihalaringiz bormi? Unday bo‘lsa hoziroq yoshlarportali.uz sayti orqali ariza yuboring!

Nizom bilan tanishing: NIZOM
Yosh chegaralanmagan!

Eslatib o‘tamiz, arizalar joriy yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Manba: Yoshlar ishlari agentligi.

@domlajon
6.2K views23:24
Ochish/sharhlash