Get Mystery Box with random crypto!

Qirg‘izistonda tamaki mahsulotlariga solinadigan aksiz solig‘i | Isroil Tillaboyev blogi

Qirg‘izistonda tamaki mahsulotlariga solinadigan aksiz solig‘ini kamaytirishga qarshi haqiqiy jang ketayotgan ko‘rinadi. Mamlakat Jo‘qorg‘i Keneshi deputati Dastan Bekeshev bu bo‘yicha juda keskin gaplarni aytgan. Kontrafakt tamaki mahsulotlarining qonuniy bozordagi ulushi katta, kamiga sigaretalarga solinadigan soliqni kamaytirishmoqchi.

Qo‘shnilarimizdagi vaziyat bizga ham ta’sir qilishi aniq. Qirg‘izistonga olib kirilgan kontrabanda tamakilar turli yo‘llar bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga olib kiriladi. Hatto kichik partiyalarda otlar bilan ham tashilar ekan.

O‘zimizda ham ahvol yaxshi deb bo‘lmaydi. Oxirgi ma'lumotlar ko‘ra, O‘zbekistonda kontrabanda mahsulotlar ulushi 21,7%ga oshganini ko‘rsatyapti.

Maqolani o‘qib ko‘rgach haqiqiy ahvol va uning oqibatlari yanada oydinlashadi. Havolani shu yerda qoldiraman.