Get Mystery Box with random crypto!

Endi siz Volontyorlar sifatida safimizga qo‘shilib 66 mln so‘m | Isroil Tillaboyev blogi

Endi siz Volontyorlar sifatida safimizga qo‘shilib 66 mln so‘mgacha qo‘llab-quvvatlash yordami olishingiz mumkin!!!

Endilikda Yoshlar ishlari agentligi yurtimizdagi volontyorlik guruhlar va tashkilotlarning tashabbusli loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 tadan eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun 66 mln so‘mgacha mablag‘ yo’naltiriladi.

Sizning ham volontyorlik yo‘nalishida loyihalaringiz bormi? Unday bo‘lsa hoziroq yoshlarportali.uz sayti orqali ariza yuboring!

Nizom bilan tanishing: NIZOM
Yosh chegaralanmagan!

Eslatib o‘tamiz, arizalar joriy yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Manba: Yoshlar ishlari agentligi.

@domlajon