Get Mystery Box with random crypto!

​ Hindistonda “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan zavod ust | O'zbekiston shifokorlari

Hindistonda “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan zavod ustidan tekshiruvning dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi.

NDTV telekanali xabariga koʻra, tekshiruv 30-dekabrga oʻtar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishni talab qilgan.

Telekanal xabariga koʻra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini taʼminlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.

Hindiston sogʻliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.

“Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli oʻtkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda toʻxtatildi. Tergov davom etmoqda”, — dedi u.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan