Get Mystery Box with random crypto!

«Dok-1 Maks» siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 bara | O'zbekiston shifokorlari

«Dok-1 Maks» siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan

Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmasevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga «Dok-1 Maks» tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Hindiston Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Farmasevtika mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi (Pharmexcil) O‘zbekistonda eng kamida 19 nafar bola o‘limidan so‘ng «Dok-1 Maks» siropini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Mint nashri xabar bermoqda.

Qaror Marion Biotech Pharmexcil`ning 28 dekabrda «Dok-1 Maks» to‘g‘risidagi ma’lumot so‘roviga o‘z vaqtida javob bermaganidan keyin qabul qilindi.
Kompaniya Pharmexcil bilan 2010 yilda kichik partiyalar ishlab chiqaruvchisi va 2016 yildan buyon savdo eksportchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: gazeta.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan