Get Mystery Box with random crypto!

​Qadrli tibbiyot xodimlari! Aziz hamkasblar! Barchangizni ki | O'zbekiston shifokorlari

Qadrli tibbiyot xodimlari!
Aziz hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan Yangi — 2023 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Xasta dillarda umid va ishonch uyg‘otib, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun bilim va tajribangiz, mehr va sadoqatingizni baxshida etib kelayotgan, Siz, soha fidoyilarini xalqimiz hamisha yuksak qadrlaydi.

Taraqqiyotga faqat fidoyilik va jasoratli mehnat orqali erishiladi. O‘z huzur-halovatidan kechib, odamlar dardiga darmon bo‘lishni muqaddas burchi, deb bilgan aziz shifokorlar bu borada ham doimgidek oldingi saflarda bo‘lishiga ishonaman.

Biz har bir yurtdoshimizning sog‘ligini mustahkamlash, hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashga qaratilgan samarali tizim yaratishni maqsad qilganmiz. Bunda, albatta, qalbi ham egnidagi libosidek pokiza tibbiyot xodimlari mehnatiga suyanamiz.

Soat millari Yangi yil oqshomiga tobora yaqinlashayotgan ayni damlarda Sizlarni qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, ko‘tarinki kayfiyat tilayman.

Baxtu iqbolingiz ziyoda bo‘lsin! Yuzingizdan tabassum arimasin! Doimo xalq ardog‘ida bo‘ling!

Amrillo Inoyatov,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan