Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 45.87K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-06-08 14:41:19
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 9-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.0K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-06-08 13:36:19
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.7K views10:36
Ochish/sharhlash
2023-06-08 12:26:18
#Bu_muhim

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.9K views09:26
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:57:18
#Bilasizmi

Chet elga chiqish taqiqini qanday aniqlash mumkin?

Chet elga sayohat qilishni rejalashtirishdan oldin barchasini tekshirib olgan maʼqul, xususan turli yoʻnalishdagi qarzdorliklarni mavjud yoki mavjudmasligini ham.

Maʼlum bir shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov bor yoʻqligini onlayn tekshirish mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portalida mavjud davlat xizmati orqali tekshirish mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.6K views07:57
Ochish/sharhlash
2023-06-08 09:36:18
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

330 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.1K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-06-08 07:22:18
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.3K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-06-07 15:36:17
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 8-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.8K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-06-07 14:36:17
#Bu_muhim

Toshkent shahrida biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Ichki ishlar organlari manzillari ro'yxati
Davlat xizmatlari markazlari manzillari ro'yxati

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.0K views11:36
Ochish/sharhlash
2023-06-07 13:01:17
#Bilasizmi

Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-07 11:02:12
#Bilasizmi

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.7K views08:02
Ochish/sharhlash