Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turis | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat