Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini ol | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi?

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat