Get Mystery Box with random crypto!

Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma 'Li | Davlat xizmatlari yangiliklari

Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun
undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun davomida.


Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: bir yil

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat