Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 45.87K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-07-05 08:35:09
#E’lon

Rejadan tashqari profilaktik tadbirlar olib borilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
9.2K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-07-05 07:18:53
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni nimalarni nazarda tutadi?

Javob:

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni yetkazib berish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-06-09 16:45:40
#Adliya_tabrik

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!

Ushbu kun munosabati bilan adliya vaziri Akbar Tashkulov sohaning fidoiy va jonkuyar xodimlari, faxriylari va xizmatchilariga tabrik yo‘lladi!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.5K views13:45
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:46:20
#Foydali_ma'lumot

Markaziy bank 12-iyundan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada

Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K views11:46
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:35:20
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views10:35
Ochish/sharhlash
2023-06-09 12:06:19
#Bilasizmi?

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-06-09 10:13:26
#Bu_qiziq

Qaysi vaqtda fuqarolar ID karta almashtirish uchun ko'proq tashrif buyurmoqda?

Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 13-00gacha

O'rtacha tashrif 13-00dan – 15-00gacha

Hamda eng kam tashrif 15-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views07:13
Ochish/sharhlash
2023-06-09 09:36:20
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Investitsiya vositachisining faoliyati;
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.9K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-06-09 07:22:19
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish xizmati bo‘yicha yuboriladigan arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;

ariza beruvchiga tegishli bo‘lgan burg‘ilash uskunasining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (uskuna texnik pasporti yoki uni ijaraga olganligi to‘g‘risida shartnoma nusxasi).

Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.5K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:42:43
DIQQAT, EʼLON!

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tizimida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu sababdan, Haydovchilik guvohnomasini almashtirish davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtincha uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
8.3K views12:42
Ochish/sharhlash