Get Mystery Box with random crypto!

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU B
Telegram kanalining logotibi buxdu_uz — •BuxDU •БухГУ •BukhSU
Kanal manzili: @buxdu_uz
Toifalar: Taʼlim , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.10K
Kanalning ta’rifi

• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
@buxdurektorgamurojaatbot
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
998 65 221-29-14

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-07-06 08:14:01
#BuxDU_yangiliklari

BITIRUVCHI-2023: DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar, bitiruvchi magistr va bakalavr talabalari va ularning ota-onalari!

Sizlarni joriy yilning 7-iyul kuni soat 19:00 da Yoshlar Markazi oldidagi favvoralar maydonida bo`lib o`tadigan bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarga diplom topshirish marosimiga lutfan taklif etamiz!

Hurmat bilan, BuxDU jamoasi

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
8.1K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2023-07-05 18:08:17
#Tabriklaymiz

Jamolova Zilola Nizomovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Jamolova
Zilola Nizomovna 2023-yil 5-iyul kuni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09. raqamli Ilmiy kengashda “O‘zbek tanqidchiligida adabiy obzor: tabiati va taraqqiyoti” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo`yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Universitet jamoasi nomidan Jamolova Zilola Nizomovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
3.1K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-07-05 18:08:16
#Tabriklaymiz

Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Sayliyeva
Zarina Raxmiddinovna 2023-yil 5-iyul kuni Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09. raqamli Ilmiy kengashda “Navoiyshunoslikda tasavvuf va badiiyat muammolari tadqiqi (Ibrohim Haqqul ijodi misolida)” mavzusida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo`yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Universitet jamoasi nomidan Sayliyeva Zarina Raxmiddinovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
2.9K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:30:56
#BuxDU_yangiliklari

Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish hamda viloyatning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan BuxDU rektori Obidjon Xamidov yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda turizm sohasida yangi tashabbuslar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish va yuqori martabali mehmonlar, davlat rahbarlariga taqdim etish uchun 3 kunlik marshrutni ishlab chiqish masalasi ko`rib chiqildi.
Ochiq osmon ostidagi muzeylarni tayyorlash maqsadida Axsikent loyihasini o‘rganish hamda Mag‘oki Attor, Shaxriston, Varaxsha, Poykent, Sardobalar, hammom va karvonsaroy qoldiqlari, Vardonze madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig`i berildi.
______________
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
3.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-07-05 07:22:13
Diqqat e’lon
Yozgi ta'til vaqtida juda qisqa muddatda
IELTS & CEFR sertifikatlaridan biriga ega bôlmoqchimisiz?
Unda shoshiling!
                   
Buxoro davlat universiteti huzuridagi Rainmaker o'quv markazi IELTS & CEFR sertifikati uchun sifatli va tezkor o'quv kurslariga qabuliga start berdi! 3 oylik , yoki undanda ko'proq ilm olishni istaydigan barcha abiturient , bakalavr,  magistr va hattoki doktarantlarni ham intensiv kurslarga taklif qilamiz.                                                   
  Qabul 10-iyulga qadar davom etadi.
Kurslar malakali mutaxassislar tomonidan mukammal darajada olib boriladi.

Buxoro davlat universiteti vakillari uchun chegirmalar mavjud.

10-iyul kuniga qadar kurslarimizga yozilgan talabalarga chegirmalar mavjud!

Shoshiling joylar soni cheklangan!

Murojaat uchun:
+998971816010
+998905116554
+998997344007
2.8K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-07-04 20:14:54
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugun aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Buxoroda bo‘ldi. Safar davomida jumladan:

Buxoro davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi;

universitet hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, 2 700 o‘rinli o‘quv binosi, quyosh energiyasi va fizika ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari binosi, zamonaviy axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi;

Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Sayyor qabul jarayonidan fotogaleriya

Bizning rasmiy sahifalarimiz
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
2.3K views17:14
Ochish/sharhlash
2023-07-04 17:50:29
4.3K views14:50
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:42:26
#E’LON

Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish vaqti va joylari belgilandi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2023-yil 20-iyun kuni o‘tkaziladi. Imtihonlar soat 10:00 da boshlanadi.

Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:

Kimyo va Biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
Fizika fani bo‘yicha – Samarqand davlat universiteti;
Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish Nizomga muvofiq olimpiada o‘tkazish kunidan ikki kun oldin, ya’ni 2023-yil 17-iyun kuni soat 00:00 da to‘xtatiladi.

Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
1.1K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:50:05
#BuxDU_yangiliklari

Ma’lumot o`rnida aytish joizki, Yeungnam universiteti Janubiy Koreyaning Shimoliy Gyeongsang, Kyonsan shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universitetidir. Universitetning o'tmishdoshlari Taegu kolleji va Chunggu kolleji Tegu shahrida 1947 va 1950-yillarda tashkil etilgan. 1967- yilda ikki kollej prezident Pak Chung Xi tomonidan birlashtirilib, Yeungnam universiteti tashkil etilgan. Bugungi kunda QS xalqaro universitetlar reytingida 801-1000 o‘rinda turadi. Ushbu universitet San'at, Fan, Muhandislik, Huquq, Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi, Savdo va iqtisodiyot, Tibbiyot, Farmatsevtika, Tabiiy resurslar, Inson ekologiyasi va kinesiologiya, Ta'lim, Musiqa kabi bir qator kollejlarni hamda To'qimachilik, Biotexnologiya, Xitoy tili va madaniyati, Arxitektura kabi maktablarni o`z ichiga olgan.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
1.6K views12:50
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:49:49
#BuxDU_yangiliklari

Buxoro davlat universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasi Yeungnam universiteti prezidenti Dr. Choi Oe-chool boshchiligidagi Dr. Han Dong Geun, Dr. Lee Won Young, Mr. Hong Ki Hyunlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

BuxDU rektori Obidjon Xamidov bilan bo`lgan samimiy uchrashuvda ikki tomon o`z universitetlarini taqdimot vositasida tanishtirishdi. Ikki o`rtada talabalar va professor o`qituvchilar akademik almashinuvi, xalqaro grant loyihalarda o`zaro ishtirok etish, Ilmiy stajirovkalar tashkil qilish, Scopus va Web of science bazalarida indekslanadigan jurnallarda maqolalar chop etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yeungnam universiteti prezidenti Dr. Choi Oe-chool hamkorlik uchun aynan Buxoro davlat universitetini tanlagani, Buxoro tarixining go`zalligi, qiziqarliligi uni jalb qilganini mamnuniyat bilan bildirdi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
1.5K views12:49
Ochish/sharhlash